DO`STLARGA ULASHING:
Passportda ism, familiya va ota ismini o’zgartirish qanchaga tushadi?
Passportda ism, familiya va ota ismini o’zgartirish uchun, 16 yoshga to’lgandan keyin, yashab turgan joyingizdagi FHDYo organiga ariza topshirishingiz kerak bo’ladi. Sizning arizangiz ariza bergan kuningizdan boshlab 2 oy mobaynida ko’rib chiqiladi.
Xo’sh ism, familiya va ota ismini o’zgartirish narxi qancha?
1. Davlat boji:
— 16-18 yoshdagi fuqarolar uchun — 111 500 so’m;
— 18 yoshdan kattalar uchun — 223 000 so’m;
2. Gerb yig’imi:
— bitta guvohnoma uchun — 223 000 so’m;
3. Pullik xizmat:
— ariza to’ldirishda yordam berganlik uchun — 4460 so’m;
— huquqiy tushuntirish berganlik va dalolatnoma yozuvini rasmiylashtirish uchun — 22 300 so’m.
Demak siz passportingizda ism, familiya va sharfingizni o’zgartish uchun jami miqdorda:
• agar 16-18 yosh orlig’ida bo’lsangiz 361 260 so’m;
• agar 18 yoshdan katta bo’lsangiz 472 760 so’m to’laysiz.