PASSIV (lot. passivus — harakatsiz) — 1) korxonaning hamma qarzlari va maj-buriyatlari (aktivning teskari holati);
2) buxgalteriya balansinit oʻng qismi, korxona mablagʻlarining paydo boʻlishi, egaligi va maqsadlariga qarab guruhlangan (oʻz zaxiralari, boshqa muassasalardan olingan qarzlar) moliyalash manbalarini ifoda etadi.