PASPORT (frans. passeport — portga kirish ruxsatnomasi) — ayrim davlatlarda fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat. OʻzR fuqarosining Pasporti — Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini va uning egasi shaxsini tasdiqdovchi asosiy hujjatdir. OʻzR da Pasport berish va undan foydalanish, qayd etish, roʻyxatdan chiqarish tartibi, shuningdek, Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik OʻzR Prezidentining 1999-y. 26 fev. dagi farmoni bilan tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisida»gi Nizom bilan belgilanadi. Mazkur Nizomga binoan, Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlgan barcha fuqarolari OʻzR fukarosi Pasport iga ega boʻlishlari shart. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar OʻzR hududida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hujjatlar asosida yashaydilar. Pasport xorijga joʻnab ketish chogʻida ham amal qiladi. Xorijga joʻnab ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun OʻzR fuqarosi Pasporti OʻzR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. «Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻri-sida»gi OʻzR qonuni (1992-y. 2 iyul)ga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Pasporti «Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida»gi qonun kuchga kirguniga qadar OʻzR hududida do-imiy yashab turgan shaxslarga, «Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisi-da»gi qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga ham beriladi. OʻzR fuqarosi Pasport ini Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari beradi. Oʻzbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga, shuningdek, qonunga muvofiq, OʻzR fuqaroligini olgan shaxslarga OʻzR fuqarosi Pasporti Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi. OʻzR fuqarosi Pasporti butun Oʻzbekiston Respublikasida yagona namunada oʻzbek, rus va ingliz tillarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun esa, qoraqalpoq, uzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanadi va 32 betdan iborat boʻladi. Pasportga uzbek, rus va ingliz tillarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — qoraqalpoq tilida ham) fuqaroning shaxsi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar yoziladi: familiyasi, ismi, otasining ismi; tugʻilgan yili, kuni, oyi; tugʻilgan joyi; millati; jinsi, shaxs uxshashligini aniqdash raqami. Pasportda uning egasining imzosi, Pasport bergan masʼul shaxs imzosi bulishi, shuningdek, Pasport berilgan vaqt va amal qilish muddati koʻrsatilishi lozim. Shuningdek, Pasport ga: balogʻatga yetmagan bolalarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, kuni, oyi; har-biy xizmatga munosabati toʻgʻrisidagi; nikoxdan utish va nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi; pasport egasining yashaydigan va doimiy qayd etilgan joyi haqidagi; vaktincha qayd etilgani toʻgʻri-sidagi; chet elga chiqish uchun ruxsatnoma haqidagi; xorijiy davlatlarga kirish uchun vizalar haqidagi maʼlumotlar yoziladi. Fuqarolar 25 yoshga va 45 yoshga tUlganda ichki ishlar organlari ularga yangi Pasport beradi. 45 yoshga toʻlgan fuqarolar Pasport ining amal qilish muddati cheklanmaydi. Pasport tizimi qoidalari bajarilishini ichki ishlar organlari va ma-halliy hokimiyat organlari nazorat qiladilar. Fuqarolar: P. siz, yoki haqiqiy boʻlmagan Pasport bilan qayd ettirmay yashaganlik uchun, Pasportni ataylab yaroqsiz holga keltirganlik hamda Pasport lardan gʻarazli maqsadlarda foydalanganlik, Pasportni avaylab saqlamay uni yuqotganlik uchun OʻzR krnunchiligida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga respublikadan tashqariga chiqib ketish chogʻida diplomatik Pasport beriladi. Bu huj-jat bilan bogʻliq huquqiy jihatlar OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1995-y. 6 yan-v. dagi 8son qarori bilan tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasinint diplomatik pasporti toʻgʻrisida»gi Nizom bilan tartibga solinadi. Diplomatik Pasportni OʻzR Tashqi ishlar vazirligi 5 y. muddatga beradi. Diplomatik P. Oʻzbekiston Respublikasining mulki hisoblanadi.