PASKAL (Pascal) Blez (1623.19.6, Klermon-Ferran — 1662.19.8, Parij) — fransuz matematigi, fizik va faylasufi. «Konus kesimlar nazariyasining tajribasi» nomli asarida (1639) proyektiv geometriyaning asosiy teoremalaridan biri — Paskal teoremasini isbotlagan (q. Ikkilik prinsipi), 1641-y. jamlash mashinasini qurgan. Arifmetika, sonlar nazariyasi, algebra, ehtimollar nazariyasi, proyektiv geometriya va b. sohalarga oid ishlari muhim. Paskal birinchi marta matematik induksiya usulini qoʻllagan, Sharq matematiklaridan mus-taqil holda binomial koeffitsiyentlarni hisoblash usulini topgan (q. Arifmetik uchburchak). P. qoʻllagan yuza va hajmlarni hisoblash usullari differensial hamda integral hisoblar yaratilishida asos boʻldi. Paskal gidrostatika asoschilaridan biri, 1648-y. atm bosimi mavjudligini isbotlaydigan taj-riba oʻtkazgan. Paskal qonunini asoslagan.
Paskal falsafiy qarashlari bilan ratsionalizm va skeptitsizm orasida ikkilanib turgan. Uning «provinsialga xatlar» asari fransuz prozasi va te-atrida muhim oʻrin tutadi. Paskal fransuz klassik prozasining shakllanishiga katta hissa qoʻshgan.