PASHMAJ

PASHMAJ (Salsola leptoclada) — shoʻra-doshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Poyasi tik, sershox, uz. 15—45 sm. Barglari oddiy, seret, yarim silindrsimon, tukli, ketma-ket joylashgan. Gullari toʻgʻri, ikki jinsli. Gulqoʻrgʻoni 5 boʻlakli, meva yetilishi jarayonida har bir gulqoʻrgʻon boʻlagidan bittadan qanotcha shakllana boradi. Pashmaj iyul—sent. da gullab, mevalaydi. Oʻzbekistonning koʻpchilik viloyatlarida tarqalgan. Asosan, choʻl va adirlardagi shoʻr yerlarda oʻsadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x