PARVONALAR

PARVONALAR (Pyralidae) — kapalaklar oilasi. 20 mingga yaqin turi maʼlum. Qanotlari yoyilganda 1—5 sm; ol-dingi qanoti uchburchak shaklida yoki ensiz uzunchoq, orqa qanoti esa keng boʻlib, cheti kalta shokilali. Barcha qitʼalarning, asosan, choʻl, quruq dasht, chalovzor va oʻtloqlarida tarqalgan. Koʻpchiligining qurtlari oʻsimlik ichida (ildiz, kurtak, meva va b.) yoki oʻralgan barglarda yashaydi. Hammaxoʻr. Parvonalardan oʻtloq va poya parvonalari, shuningdek, dukkakli ekinlarga akatsiya parvonasi, don va turli ombordagi mahsulotlarga ombor parvonalari zarar keltiradi (q. Ombor zararkunandalari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x