PARTER (frans. parterre — yer boʻylab) — 1) teatr, kinoteatr va konsert zallaridagi tomoshabinlar oʻtiradigan, sahnaga nisbatan past joy. Parterning yey shakldagi qator oʻrindikdi ilk namunalari Qad. Rim teatrlarida boʻlgan, Parterlar esa dastlab Italiyada (16-a.) paydo boʻlgan. Hozir Parter larda oʻrindiqlar toʻgʻri chiziq boʻylab joylashtiriladi. Sahna yoki ekran yaxshi koʻrinishi uchun Parter dagi oʻrindiklar qatori orqaga tomon balandlanib boradi;
2) park yoki bogʻlarning obod qilingan ochiq qismi; maysazori, gulzori, baʼzan haykal, favvoralari boʻladi.