PARGARI (fors, pargar — sirkul) — pargar yordamida naqsh yaratish usuli hamda shu usulda yaratilgan naqsh. Naqqosh usta pargar, chizgʻich yordamida kalam bilan naqsh mujassamotini chizib yaratadi. Pargari usuli murakkab, ustadan qunt, koʻp mehnat, handasiy shakllar hosil qilishda bilimdonlik, mahorat talab qiladi. Bezatilayotgan sirtning xom ashyosiga qarab chizib, boʻyab, oʻyib tasvir hosil qilib, zaminini oʻyib boʻrtma tasvir (relyef) qosil qilib ishlanadi. Ish jarayonida usta tayyor ulgi (andoza)dan foydalanishi yoki be-zatiladigan yuzaga oʻzi chizma chizib, keyin uni ishlashi mumkin, ishlaganda turli (iskana, nov iskana, gurzi, oʻyma qalamlar, tishli iskana kabi) asboblardan foydalanadi. Pargari Oʻrta Osiyo qududi (jumladan, oʻzbek va tojik xa-lk/1ari)da keng tarqalgan. Panjara, ganch oʻymakorligida, sopol va chinni idishlarni boʻyashda koʻp qoʻllaniladigan aylana naqshlar ham Pargari deb ataladi. Meʼmoriy qismlarda Pargari naqshlar yirik boʻlib, odatda, loklanmaydi; roʻzgʻor buyumlari, uy jihozlarida kichik boʻlib, pardozlanadi xamda lokla-nadi. Ustalardan T. Ayyubxoʻjayev, K..H-aydarov, S. Xoʻjayev, O. Fayzullayev va b. yogʻoch oʻymakorligida, Usta Shirin, M. Usmonov va b. ganch oʻymakorligida Pargari naqshlarning jozibali namunalarini yaratgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые