PARFIYA TILI, parfiy tili — hind-yevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruxiga mansub ulik til. Arshakiylar sulolasi xukmronligi davrida (mil. av. 3-a. — mil 3-a.) Parfiya davlatining rasmiy tili (ilk davrlarda grek va oromiy tillari bilan birga). Arshakiylar davrigacha tarixiy Parfiya viloyatida hamda Kaspiy dengizining jan.sharkida, arshakiylar davrida esa Eron, Armaniston, Iroq va Oʻrta Osiyoda ham tarqalgan. 3—6-a. larda sosoniylar saltanatida rasmiy til paqlaviy (oʻrta fors tili) boʻlganda ham qisman qoʻllanishda boʻlgan va asta-sekin fors tiliga aralashib singib ketgan (6-a. oxirlari). Parfiya yozuvi oromiy yozuvndan kelib chiqqan. Qad. yozma yodgorliklari — sopolaklarda saqlanib qolgan xoʻjalik hujjatlari mil. av. 1-a. ga mansub.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые