PARASHYUT SPORTI — aviatsiya sporti turi. Parashyut sporti yeda turli uchish appa-ratlaridan (samolyot, vertolyot, planyor, dirijabl, aerostat va b.) parashyutda sakraladi. Zamonaviy Parashyut sporti musobaqalari dasturiga quyidagilar kiradi: 600—1500 m balandlikdan radiusi 10 m li nishon doirasiga yakka va guruxli boʻlib sakrab yerga aniq qoʻnish; 2000 m balandlikdan yakka holda sakrab xavoda akrobatik figuralar kompleksini bajarish; 2400 m dan erkin tushish paytida estafeta tayoqchalarini uzatish va nishon doiraga aniq qoʻnish mashqi bajariladigan guruxli boʻlib kompleks sakrash; 2400—4000 m balandlikdan erkin tushishda muayyan figuralar yasab guruxli boʻlib akrobatik sakrash; yerga aniqqoʻnish; kichik kalibrli mil-tikdan otish, kross, suzishni oʻz ichiga oluvchi parashyut koʻpkurashi. Xalqaro aviatsiya federatsiyasining parashyut komissiyasi — S1R (1950-y. tuzilgan)ga 50 dan ortik, mamlakat aʼzo. 1951-y. dan jahon, 1975-y. dan Yevropa chem-pionatlari oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda Parashyut sporti 1934-y. vujudga kelgan. Shu yili Toshkent aeroklubi oʻz faoliyatini boshlagan edi. Oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekistonda 12000 dan ortik, para-shyutchilar tayyorlandi. Toshkent aero-klubidan tashqari mamlakatda yana 3 ta aviatsiya sport klubi (Andijon, Zaraf-shon, Samarqand) bor. Parashyutchilarning har yili «Oq oltin» musobaqalari hamda faxriylarning anʼanaviy match uchrashuvlari oʻtkazib turiladi. 1993-y. Fargʻona sh. parashyutchilari Vena (Avstriya)da oʻtkazilgan xalqaro musobaqalarda, Oʻzbekiston terma jamoasi (T. Azizbekova, N. Trofimova, S. Richkova, T. Girdyuk, N. Skulkina) parashyut koʻpkurashi boʻyicha xalqaro musobaqalar (Volgansk sh.)da 3-oʻrinni egalladi. Oʻzbekistonlik V. Krestyannikov jahon, E. Eskanderov Yevropa chempioni unvoniga sazovor boʻlgan, A. Fasxut-dinov, A. Konisheva, L. Abduraxmonov, V. Koroteyeva va b. oʻzbekistonlik jahon rekordchilari hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые