PARAMAGNETIZM (para… va magnetizm) — tashqi magnit maydoniga kiritilgan jismlarning shu maydon yoʻnalishiga moye yoʻnalishda magnitlanish xossasi. Magnit qutbi yaqiniga joylashtirilgan har qanday paramagnit jism shu qutbga tortiladi. Tashqi magnit maydoni boʻlmagan (N=0) da paramagnetiklar magnitlanmaydi.
«Paramagnetizm» terminini fanga M. Faradey kiritgan (1845). U ferromagnitdan boshka barcha moddalarni magnit xossalari boʻyicha diamagnit va paramag-nit modsalarga ajratgan. Paramagnetizm zarralari (atom, molekula, ion, atom yadrosi) xususiy magnit momentiga ega boʻlgan jismlar uchungina xos boʻlib, bu momentlar tashqi maydon boʻlmaganda tartibsiz, yaʼni j=0 boʻladi. Tashqi maydon boʻlganda maydon yoʻnalishida moslanadi.
Metallda xususiy magnit (spin) momentiga va elektr oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlgan elektronlarning mavjudligi shu metallning paramag-nit xossasini ifodalaydi. Tashqi magnit maydoni taʼsirida bu elektronlar magnit momentining yoʻnalishi maydon yoʻnalishi b-n bir xil boʻladi.
Atom yadrosi ham xususiy magnit momentiga ega. Yadro magnit momenti elektron magnit momentidan taxm. 1000-marta kichik. Atom yadrosining paramag-nit qabulchanligi elektron qabulchanligidan taxm. 106-marta kichik. Paramagnit modda kucheiz tashqi magnit maydoni taʼsirida juda kucheiz, lekin juda past (mutlaq nol gradusga yaqin) t-ralarda, shuningdek, oʻta yuqori tashqi magnit maydoni (>105 E) taʼsirida kuchli magnitlanadi. Kucheiz maydonga paramagnit moddaning mag-nitlanganligi j maydon kuchlanganligi oʻsishi bilan quyidagi qonun boʻyicha oʻsadi: j=%ff, bunda paramagnit qabulchanligi x~ Yu~5 dan 10~3 gacha qiymatlarni oladi. Agar maydon kuchli boʻlsa, paramagnit zarrachalari magnit mo-mentlarining yoʻnalishi tashqi magnit maydoni yoʻnalishidek boʻladi (magnit toʻyinishi roʻy beradi). Oʻzgarmas kuchlanishli maydonda t-ra T ortishi bilan magnit qabulchanlik Kyuri qonuni boʻyicha kamayadi.
Turli moddalarning Paramagnetizm ini oʻrganish atom, ion, molekula, yadrolarning magnit momentini, murakkab molekulalarning tuzilishini oʻrganishda, materiallarning strukturasini taxlil qilishda juda muhim.