PARAFILYARIOZ

PARAFILYARIOZ — ot va qoramollarda uchraydigan invazion kasallik. Hayvon terisi osti klechatkasi va muskul oʻrtasidagi biriktiruvchi toʻqimalarda parazitlik qiladigan Parafi laria multipapillosa nematoda qoʻzgʻatadi. Qon soʻruvchi pashshalar orqali hayvonlarga yuqadi. Bahorda va yozda kunduzgi paytlarda hayvonning boʻyin, yelka va kuraklari atrofi terisida noʻxatdek tugunchalar paydo boʻladi, issiq faslda ulardan qon oqadi. Maʼlum muddatdan keyin qon toʻxtaydi, qotadi, qora qoʻtir boʻlib qoladi. Davolash usuli yetarli oʻrganilmagan.

Oldini olish: qon soʻruvchi pashshalar insektitsidlar purkab yoʻq qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x