PAPUASLAR (malayyacha papuwa — jingalak) — xalklar guruhi, Gʻarbiy Melaneziyaning tub aholisi. Yangi Gvineya o. va Timor o. ning sharqiy qismi tub joy aholisining katta qismini umumlashgan nomi (enga, chimbu, xagen, kamano, xuli va b.). Umumiy soni 4,8 mln. kishi (1987). Melaneziya irqiga mansub. Papuas tillarida soʻzlashadi. Dindorlari ajdodlar kulti, magiya va totemizmga eʼtiqod qiladi. 19-a. oxiridan missionerlar taʼsiri ostida xristianlik tarqalgan, hoz. koʻpchilik Papuaslar rasman uni qabul qilishgan. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, choʻchqachilik, baliq ovlash, qisman ovchilik. Papuaslarni etnografik jihatdan oʻrganishga rus tadqiqotchisi N. N. Mikluxomaklay katta hissa qoʻshgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые