PANORAMA KINO — kinofilmlarni suratga olish va namoyish qilish usullaridan biri. Kinofilmlar maxsus apparatlar bilan kinoga olinadi va juda katta (bir necha yuz m2 yuzali) doiraviy ekranga tushiriladi. Kinoga olishda bir-biriga nisbatan 48° burchak ostida joylashgan 3 obyektivli apparat ishlatiladi. Kadrlar 35 mm li 3 ta kinoplyonkaga olinadi (har kaysi plyon-kaga umumiy panorama kadrining 1/3 qismi tushiriladi). Kinoplyonkalar kinoga olish apparatlarida 712,5 mm/s tezlik b-n harakatlanadi. Filmlar juda botiq silindrik ekranli (eni 20—30 m li) kinoteatrlarda 3 ta kinoproyektor bilan namoyish kilinadi. Bunda tasvir gorizontal boʻyicha 150°—170°, vertikal buyicha esa 55° burchak ostida hosil boʻladi.
Ovoz stereofonik usulda 35 mm li plyonkaga qayd qilinadigan 7 yoki 9 ta kanalga yozib olinadi va eshittiriladi. Harakat bilan olingan film kadrlari namoyish kilinganda tomoshabinlar oʻzlarini goʻyo ekranda boʻlayotgan voqealar qatnashchisidek sezadilar. Bunda stereoskopik effekt (kinoga olingan asosiy obyektlarning yonida joylashgan narsalarni koʻrish taassuroti) hosil boʻladi, bu esa filmni tushunishni osonlashtiradi.
Birinchi Panorama kino tizimini fransuz rejissyori A. Gans («Napoleon») 1927-y. yaratgan. Panorama kino murakkabligidan 20-a. 60-y. lar boshidan boshlab uning oʻrniga kinoga olish va koʻrsatishda bir obyektivli usuldan va 70 mm li standart kinoplyonkadan foydalaniladigan tizim qoʻllanila boshladi. Baʼzi shaharlarda (mas, Moskvada) hozir ham bor (2003).