PANJHIR — ilk oʻrta asrlarda To-xariston viloyati shahri (hoz. Afgʻo-nistonning Nuriston viloyatidagi Panjshir sh.). 10-a. da Panjhir atrofida boy kumush koni boʻlgan. Panjhir shaxri togʻ te-pasida joylashgan boʻlib, uning yonidan Andarob va Koson daryolari oqqan. Bu yerda bogʻlar koʻp boʻlsada, yerlar haydalmagan, ishlov berilmagan. Samʼongshning maʼlumotiga koʻra, urush vaq-tida Panjhir 10 ming jangchi yetkazib bera olgan. Panjhirning barcha aholisi Panjhir dokimi egalik qilgan Kumush togʻdagi konda ishlaganlar. Kondan qazib chiqarilgan kumush maʼdani 3 qismga taqsimlangan: bir qismini sulton vakili, 2-qismini uni qazib olgan konchi olgan, 3-qismi esa konchilik bilan mashgʻ-ul boʻlgan mahalliy aholiga tekkan, ular uni savdogarlarga sotishgan. Muqaddasiyning yozishicha, 10-a. da Panjhirda koʻplab dirhamlar zarb qilingan. Panjhir zarbxonasi 8-a. ning 2yarmida ham mavjud edi. 10-a. da somoniylar davrida Panjhirda harbiy qarorgoh joylashgan boʻlib, uning oʻz zarbxonasi boʻlgan.
Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxarista-na po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XSH vv., T., 1996.
Shamsiddin Kamoliddinov.