PALEOOSIYO TILLARI, paleosibir tillari — genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan chukcha-kamchatka tillari (chukcha, koryak, alyutor, kerek, itelmen), eskimosaleut tillari (eskimos, aleut), yenisey tillari (ket, sim — jonli tillar; kott, arin, pum-pokol, assan — ulik tillar), yukagir-chuvan tillari (yukagir — jonli, chuvan — ulik) va alohida nivx tilini birlashtiruvchi, shartli belgilangan til oilasi.
Mazkur tillarning mushtarakligi, umumiyligi haqidagi faraziya 19-a. oʻrtalarida rus olimi L. I. Shrenk tomonidan ilgari surilgan. Bu faraziyaga muvofik,, tegishli sibirlik elatlar Sibir tub aholisining avlodlaridir. Pekin ushbu fikr Paleoosiyo tillarining genetik karindoshligini belgilay olmaydi, shu sababli «Paleoosiyo tillari» termini shartli nom sifatida saqlanib qolgan.
Paleoosiyo tillarining tashqi genetik aloqalari, bir qator faraziyalar mavjud boʻlsada, hanuzgacha aniqlanmay qolmoqda. Bu tillarning tipologik tavsifi turlicha boʻlsa ham, ayrim oilalar oʻrtasida struktur-tipologik oʻxshashlik belgilari kuzatiladi. Paleoosiyo tillari agglyutinativtillardir: baʼzilarida suffiksal, baʼzilarida suffiksal-prefiksal agglyutinatsiya mavjud. Leksikada turmushdagi narsa-buyumlarning nomlari, kasb-hunar, xoʻjalik faoliyatini aks ettiruvchi soʻzlar koʻp; rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.
Paleoosiyo tillari haqidagi koʻplab maʼlumotlar 18-a. da turli olimlar va missionerlar tomonidan toʻplangan; bu tillarni ilmiy oʻrganish 19-a. da rus va garbiy yevropalik olimlarning asarlari bilan boshlangan. Ushbu tadqiqotlar va keyinchalik amerikalik, kanadalik va yaponiyalik olimlarning bu soxadagi izlanishlari nafaqat tilshunoslik uchun, balki Yevrosiyo va Shim. Amerika tarixida kadimdan davom etib kelayotgan murakkab etnolingvistik jarayonlarni tushuntirishga intilayotgan boshqa fanlar uchun ham katta qiziqish uygʻotadi.