PAKANALIK

PAKANALIK, mittilik, nanizm — boʻyning haddan tashqari past boʻlishi. Asosan, endokrin sistema va irsiy nuqsonlar sabab boʻladi. Pakanalik shartli ravishda proporsional va noproporsional Pakanalikka boʻlinadi.

Proporsional Pakanalikka gipofizar, tireogen, infantil (q. Infantilizm) va bosh miya kasalligi (ensefalit, istisqo) oqibatida kelib chiqqan Pakanalik kiradi. Gipofizning oldingi boʻlagi zararlanishi natijasida paydo boʻlgan gipofizar Pakanalikda aql-hush normal boʻlsa xam, gavda bolalar gavdasiga oʻxshaydi, jinsiy bezlar rivojlanmaydi, koʻpincha yogʻ bosadi, yuzga ajin tushib, qarimsiq koʻrinadi. Qalqonsimon bezning zararlanishi oqibatida kelib chiqadigan tireogen Pakanalikda suyaklanish, moddalar almashinuvi jarayoni buziladi, aqli past boʻladi. Skeletning ancha oʻzgarishi natijasida paydo boʻlgan raxitik Pakanalik xondrodistofiya (togʻay hosil boʻlishining tugʻma buzilishi)dagi Pakanalikka, suyak sistemasi kasalligidagi P. proporsional P. ga kiradi. Pakanalik belgilari koʻrina boshlashi bilan mutaxassis vrachga murojaat qilish kerak.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x