PAK CHI VON (taxallusi Yonam) (1737.5.3 – Seul – 1805.10.12) – koreys yozuvchisi, qomusiy olim. Sirxak (aniq fanlar) oqimining yirik namoyandasi. Tabiiy fanlar, iqtisodiyot, falsafa, tarix, harbiy sanʼatga oid asarlar muallifi. Tabiiy materialist sifatida geliotsentrik nazariyani qoʻllab-quvvatlagan. Yerdan foydalanishdagi tartibni qayta qurish loyihalarini taklif etgan («Dehqonchilik haqida risola», 1799); xalqni maʼrifatli qilishga daʼvat etgan, lekin konfutsiychilik tarafdori sifatida mazkur gʻoyalarni amalga oshirish maʼrifatli podshohning vazifasi deb hisoblaydi. Pak Chi Vonning adabiy merosi koreys adabiyotidagi realistik yoʻnalishning rivojlanishida muqim rol oʻynagan. Ilk hajviy novellalari («Pangyonyuk ibodatxonasining norasmiy tarixi» toʻplami)da davrning ijtimoiy muammolari aks etgan. Koʻp jildli «Jexey kundaligi» (1—26kitoblar, taxm, 1783) olimning 1780-y. da Xitoyga qilgan sayohati taassurotlari asosida yozilgan. Unda «Yoʻlbarsning qaqshatqich zarbasi» hajviy allegoriyasi va «Xo Sen haqida qissa» utopik asari oʻrin olgan. Tabiat manzaralari tasvirlangan va falsafiy lirikasi vatanga muxabbat ruhi bilan yoʻgʻrilgan. Adabiy-tanqidiy maqolalarida adabiyotning ijtimoiytarbiyaviy ahamiyati taʼkidlangan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии