Qaldirg‘och va ilon

Qaldirg‘och sud mahkamasi bo‘g‘otiga uya qurib bola ochdi. Kunlarning birida u polaponlari uchun oziqa topgani uchib ketganida bir Ilon uning iniga o‘rmalab chiqib, hamma bolalarini yeb qo‘ydi. Qaytib kelgan Qaldirg‘och uyasining bo‘m-bo‘sh qolganini ko‘rib, o‘ksib-o‘ksib yig‘lay boshladi. Shunda boshqa qaldirg‘ochlar kelib unga taskin berib dedilar: «Bo‘ldi, ko‘p kuyunaverma, bitta senmi bolalaridan judo bo‘lgan? Na iloj, … Читать далее

Элбек (1898-1939)

DO`STLARGA ULASHING: Қатағонлик даври ўзбек адабиётининг кўзга кўринган вакилларидан бири Элбек (Машриқ Юсупов)дир. У 1898 йилда Тошкент вилояти, Бўстонлиқ туманининг Хумсон қишлоғида таваллуд топган. «Мен,— дейди шоир ўз таржимаи ҳолида,— 1905 йилда эски қишлоқ мактабига кириб ўқидим. Бу мактабда тўрт йил ўқиб, ўқув, ёзувни ўргандим… 1910—1911 йилларда жуда қийналдик ва шунинг натижасида бошқа ака-укаларим қатори … Читать далее

Sichqondan cho‘chigan sher

Uxlab yotgan Sherning basharasidan bir sichqon pildirab o‘tib ketadi. Sher sakrab turib ketib, kim yuzimga tegdi, degandek atrofga alanglab qaraydi. Buni ko‘rgan tulki: «Seni qara-yu, kimsan Sher bo‘laturib sichqondan qo‘rqib ketding-a!» — deb Sherni mazax qiladi, «Yo‘q, men sichqondan qo‘rqqanim yo‘q, — deb javob qiladi Sher, — balki uning surbetligi g‘azabimni qaynatdi».Bu masal, aqlli odamlar … Читать далее

Чархий (1900-1979)

DO`STLARGA ULASHING: Мумтоз адабиётимизнинг энг яхши анъаналарини янги тарихий даврда давом эттирган шоир Асқарали Ҳамроали ўғли Чархий Қўқонда 1900 йил 23 февралда таваллуд  топди. Бошланғич маълумотни эски мактабда олган Асқарали отасидан ҳуснихат машқ қилишни, онасидан шеър ёзишни ўрганди. Бўлғуси шоир Ҳофиз, Саъдий, Навоий, Бедил ғазалларини меҳр билан ўқиди. Сулаймонқул Рожий, Мирза Ҳўқандий каби қўқонлик шоирлардан … Читать далее

Sher bilan buqa

Sher bahaybat bir Buqani yeyishga chog‘lanib, uni shirin so‘zlar bilan o‘ziga og‘dirmoqchi bo‘ldi. U qurbonlikka qo‘y so‘yganligini aytib, Buqani ziyofatga taklif qildi. Niyati — mehmonni dasturxon yoniga cho‘k tushgan paytida yeyish edi. Mana, Buqa keldi; qarasa, doshqozonlarda suv qaynayotganmish, bir qancha uzun-uzun sixlar ham kabob qilishga shaymish-u, ammo qo‘ydan darak yo‘qmish. Buqa bu holni ko‘rdi-yu, … Читать далее

Ғайратий (1902-1976)

DO`STLARGA ULASHING: Ўзбек адабиёти равнақига ўз улушини қўшган адиблардан бири Ғайратий—Абдураҳим Абдулла ўғли 1902 йил 15 февралда Тошкентнинг Дегрез маҳалласида ҳунарманд оиласида дунёга келди. Унинг отаси ўқимишли, адабиётга қизиққан киши бўлган. Онасидан эрта жудо бўлган Абдураҳим маҳалладаги Ойимхон ая қўлида тарбия топган. Унинг адабиётга қизиқишида ҳам ая айтган эртаклар муайян рол ўйнаган. 1912—1915 йилларда у … Читать далее

Sher bilan tulki

Sher qarib qoldi; endi u o‘zi ov qilib qornini to‘ydira olmasdi; shunda u ayyorlik qilib kun kechirmoqchi bo‘ldi: u o‘z g‘origa kirib, go‘yo kasal bo‘lgandek yotib oldi; shunda hayvonlar uning holidan xabar olgani kela boshladilar, Sher esa ularni tutib yeyaverdi. Bu orada ancha-muncha hayvon patarat topdi. Nihoyat, Sherning nayrang ishlatayotganini Tulki sezib qoldi; mana, u … Читать далее

Ғафур Ғулом (1903-1966)

DO`STLARGA ULASHING: Ўзбек адабиётининг машҳур намояндаларидан бири Ғафур Ғулом 1903 йил 10 майда Тошкент шаҳрининг Қўрғонтеги маҳалласида таваллуд топди. Тўққиз ёшида отасидан, ўн беш ёшида онасидан етим қолган Ғафур аввал эски мактабда, сўнгра рус-тузем мактабида таълим олди. У Октябрь тўнтаришидан кейинги йилларда муаллимлар тайёрлов курсини битириб, янги усулдаги мактабларда ўқитувчилик қилди. 1923 йилдан болалар уйида … Читать далее

Sher va qurbaqa

Qurbaqaning qurillaganini eshitgan Sher, bu qanday vahimali hayvon bo‘ldi, deb ovoz kelgan tomonga o‘girilib qaradi. Qarab, endigina suvdan sakrab chiqqan Qurbaqani ko‘rib, uni ezg‘ilab tashladi va dedi: «Ovoz emas, vajohat qo‘rqinchli bo‘ladi».Bu masal javrashdan boshqa ishni bilmaydigan mahmadona odam haqida. Ezop masallari, Masallar

Falokat bosgan Dehqon

Bir Dehqonning uyigaKechasi o‘g‘ri kirdi.Hovlisiyu omborinTitkilab birin-birin,Nima kirsa qo‘liga —Hammasini shipirdi.O‘g‘rida bormi vijdon?-Bechora bizning DehqonBoy yotib, gado turdi,Qip-qizil xonavayron.Eng yomon dushmaning hamKo‘rmasin bunday kunni.Dehqon chekar g‘am-alam,Bosh yerda, egik bo‘yni,To‘pladi oshnolarin,Xeshu aqrabolarin,Dedi: «Ayting, ne qilay,Boshimni qayga uray?»Shunda dehqonga har kimMaslahat bera boshlar,Do‘sti Kirpich bosh qashlar:«Aytmovdimmi sengakim —Solma, deb elga rosaBoyligingdan ovoza».Klimich dedi: «Quda,Omboringni sen juda —Uyingdan … Читать далее