AJAL
AJAL (arab — belgilangan vaqt, muhlat) — islom dinida inson umrining Aploh tomonidan belgilangan muddatining tugashi. Islom aqidalari boʻyicha Ajal Alloh tomonidan qatʼiy belgilanadi. Qurʼoni karimda shunday oyat bor: «Qachonki ularning ajali yetsa, bir lahza oldin ham, bir lahza keyin ham qoʻyilmaydi» (Aʼrof surasi, 34-oyat).