AKSELERATOR
AKSELERATOR (lot. accelero — tezlataman) — ichki yonuv dvigateliga karbyuratordan silindrga keladigan yonuvchi aralashma miqdorini yoki dizellarda nasosdan keladigan yonilgʻi miqdorini rostlab turuvchi moslama. Dvigatel valining aylanishlar sonini oʻzgartirish (oshirish yoki kamaytirish)ga, yaʼni transport mashinasi harakat tezligini oʻzgartirishga moʻljallangan. Akselerator karbyurator (yoki nasos)ga tros yoki tortqi bilan ulanadi. Avtomobilda oʻng tomondagi birinchi tepki yordamida boshqariladi.