Bahor yaqin
O’tib ketdi qishning sovuqHam bo’ronli kunlari.Ortda qoldi oy, yulduzsiz,Tim qorong’i tunlari. Endi quyosh ko’proq boqar,Dalalarga, bog’larga.Quchoq-quchoq yog’du sochar,Adirlarga, tog’larga. Bezanishar dala-qirlar,Chechak taqar o’tloqlar.Bahor yaqin, bahor yaqin,Bahor yaqin, o’rtoqlar. Ko’nglim yana tog’day o’sar,Ko’rkam bahor kelganda.Quvongayman dasta-dastaGul-chechaklar terganda… Zafar Diyor She’rlar