ARIQ QAZIGICH

ARIQ QAZIGICH, zovur qazigich — muvaqqat ariq, oʻq ariq va zovur qazishga moʻljallangan mashina. Shatakka olinadigan (KM-1400 M), tirkama (MK-13) va oʻrnatma (D-716, KFM-1200 A) xillari bor; 20 sm dan 1,2 m gacha chuqurlikda, tubining enini 25 sm dan 1 m gacha qilib ariq qaziydigan turlarga boʻlinadi. Ariq qazigich yurish 2 va tortish 5 ramalari, … Читать далее

ARISTOKSEN

ARISTOKSEN (Aristoksenos) (mil. av. 354, Tarent — taxm. 300) — yunon musiqa nazariyotchisi. Aristotelning shogirdi. Uch kitobdan iborat «Garmonika» asari, «Ritmika»sidan parchalar bizgacha yetib kelgan. Tanqidiy oʻzlashtirilgan Pifagor taʼlimoti bilan Aristotel gʻoyalarini qoʻshishga harakat qilgan. A birinchilardan boʻlib, musiqa tovushlari bevosita eshitilishi bilan «sof sozli tovushlar tizmasi» oʻrtasida farq mavjudligini koʻrsatdi. Mutlaq balandlik, intervallar, lad … Читать далее

ARIZA

ARIZA — 1) muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat, eng koʻp tarqalgan ish qogʻozi. Mac, bogʻcha mudirasi, maktab direktori, oliy oʻquv yurti rektori, davlat yoki xususiy korxona yoxud nodavlat tashkiloti yoki jamiyat va h. k. rahbari nomiga ishga, oʻqishga kirish va ulardan boʻshatish, ish yoki uy-joy sharoitini yaxshilash, nafaqa … Читать далее

ARJON

ARJON — Sibirdagi ilk skif davriga oid mozorqoʻrgʻon (mil. av. 8-a.). Tuva oʻlkasidagi Oʻyuq daryosi vodiysidagi Arjon qishlogʻidan topilgan. Mozorqoʻrgʻonning diametri 120 m, bal. 4 m. Yogʻochdan ishlangan qabr inshootining usti toshlar bilan yopilgan. 70 dan ziyod qabr chiqqan. «Shoh» va «malika» dafn etilgan qabr atrofiga 15 kishi va 160 ot qoʻshib koʻmilgan. Koʻplab jez … Читать далее

ARDASHIR

ARDASHIR ,I Artashir Papakon (taxm. mil. 180 — 239 yoki 241) — Erondagi sosoniylar sulolasi asoschisi va dastlabki shohi. Ardashirning bobosi Soson Fors poytaxti — Istaxr sh. dagi bosh ibodatxonaning kohini boʻlgan. Ardashir Parfiya podshosi Artabon V (209 — 224)ning vassali Darabgird (Forsdagi qalʼa) hokimi saroyida xizmat qilgan. Taxm. 200-y. da ushbu qalʼa hokimi boʻlgan; … Читать далее

ARGENTOMETRIYA

ARGENTOMETRIYA (yun. argentum – kumush va metreo — oʻlchayman) — miqdoriy analizning titrlash usuli. Kumush nitrat (AgNO3)ning titrlangan eritmasidan foydalanishga asoslangan. Bunda tekshirilayotgan eritma — kumush nitrat eritmasi yoki uning or-tiqchasi natriy xlorid (NaCl) eritmasi bilan titrlanadi. Titrlashning oxirgi nuqtasini eritmaning bir te-kis loyqalanishiga qarab, shuningdek har xil elektr kimyoviy va fotometrik usullardan foydalanib aniqlash … Читать далее

ARAFURA DENGIZI

ARAFURA DENGIZI — Hind okeanining chekka dengizi. Avstraliya, Yangi Gvineya, Tanimbar va Kay o. lari oraligʻida. Mayd. 1017 ming km2. Koʻp qismining chuq. 200 m, shim.-gʻarbda 3680 m gacha. Oqimlar yozda gʻarbdan sharqqa, qishda sharqdan gʻarbga yoʻnalgan. Suvining oʻrtacha t-rasi 25 — 28°. Shoʻrligi 34 — 35%o. Eng katta qoʻltigʻi — Karpentariya.

ARALOV

ARALOV Narzullo (1950.15.4, Kasbi tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent ped. in-tining kimyo-biol. f-tini tugatgan (1972). 1972-75 y. lar va 1995-y. dan Kasbi tumanidagi 15-maktabda, 1975—95 y. larda 17-maktabda kimyobiol. oʻqituvchisi. Aralov daryo jarayonida koʻrgazmali qurollardan unumli foydalanadi. U 500 dan ziyod koʻrgazmali qurol, 50 ga yaqin albom tayyorlagan.

ARAKS

ARAKS — Zakavkazyedagi daryo (bosh qismi Turkiyada, quyi qismi Ozarbayjonda). Kuraning oʻng irmogʻi. Uz. 1072 km, havzasining mayd. 102 ming km2. Oʻrtacha yillik suv sarfi 285 m3/sek. Araksda Ozarbayjon — Eron gidrotexnika kompleksi ishga tushdi.