ARAB-AMERIKA NEFT KOMPANIYASI, ARAMKO

ARAB-AMERIKA NEFT KOMPANIYASI, ARAMKO (ing. Arabian-American Oil Company (ARAMCO) — Saudiya Arabistonidagi neft konlarini oʻzlashtirish uchun 1933-y. da AQSH dagi eng yirik neft kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. 1973-y. dan boshlab Saudiya Arabistoni hukumati uning aksiyalarini sotib ola boshladi va 1980-y. ga kelib ARAMKOning tanho egasiga aylandi. Uning korxonalarini boshqarish va neft konlaridan foydalanish boʻyicha mamlakat … Читать далее

APOXROMAT

APOXROMAT (yun. aro — bu yerda kichraytirishni bildiradigan odd qoʻshimcha va chroma — rang) — kuzatilayotgan narsaning obyektiv optik oʻqida yotgan nuqtasidan kelayotgan nurlarning xromatik aberratsiyasi (buyumning boʻyalib koʻrinishi)ni axromatik obyektivlarga (q. Axromat) qaraganda toʻlaroq bartaraf qiluvchi optik tizim (obyektiv). Apoxromat obyektivlar optik oʻqqa cheksiz yaqin nurlarning aniq bir nuqtaga tushishini taʼminlaydi.

APENNIN TOGʻLARI

APENNIN TOGʻLARI — Italiyadagi togʻlar, Apennin ya. o. shim.-gʻarbi (Alp togʻlari)dan jan.-sharqqa (Kalabriyagacha) choʻzilgan. Apennin togʻlarining uzunligi Kalabriya togʻlarini ham qoʻshib hisoblaganda 1200 km. Apennin togʻlari oʻrtacha balandlikdagi, yon bagʻirlari yotiq togʻlar. Eng baland nuqtasi 2914 m (Korno togʻi). Togʻlar, asosan, qumtosh, gil va ohaktoshlardan iborat, lava qoplamlari uchraydi. Harakatdagi va oʻchgan vulkanlar bor (Vezuviy … Читать далее

ANGʻIRT

ANGʻIRT, sariq gʻoz, atayka (Casarca ferruginea) — gʻozsimonlar turkumining oʻrdaklar oilasiga mansub parranda. Patlari ochiq sargʻish, boshi oqish. Yevropa va Osiyoning choʻl, dasht va togʻli hududlarida tarqalgan. Qishlash uchun Afrikaning shim. va Osiyoning jan. tomonlariga uchib ketadi; Oʻzbekistonda ham uchraydi, bir qismi shu yerda qishlaydi. Togʻ, choʻl va dasht zonalaridagi chuchuk suvli va shoʻr koʻllarda … Читать далее

ANFILADA

ANFILADA (frans. enfi lade) — toʻgʻri chiziq boʻyicha bir-biri bilan tutashgan qator xonalar. Ularning eshiklari ham bir oʻq boʻylab joylashgan boʻlib, bu eshiklar ochiq turganida bino uzaygandek tuyuladi. Anfilada koʻproq barokko va klassitsizm uslubidagi saroy va muzey binolariga xos.

ANTROPOMETRIYA

ANTROPOMETRIYA (antropo… va yun. metreo — oʻlchayman) — antropologiyaning tekshirish usullaridan biri. U odam organizmi aʼzolarining hamma belgilari (uzunligi, eni, qalinligi, shakli, rangi va h. k.) oʻzgarib turishini miqdoriy tomondan tavsiflab beradi. Olingan maʼlumotlar organizm ning ayrim boʻlaklari (bosh, boʻyin, koʻkrak qafasi, qorin va chanoq qismlari, qoʻl va oyoqlar)ga taqqoslanib, oʻsishi yoki oʻzgarishi kuzatib boriladi. … Читать далее

ANTRAXINON

ANTRAXINON (yun. anthrax — koʻmir va hina — kechua xindulari tilida — xinon daraxti poʻstlogʻi) , S14N8O2 — aromatik keton; mol. m. 208,20, sargish kristall; suyuqlanish t-rasi 287°, kaynash t-rasi 377°. Anilin, nitrobenzol va issiq toluolda eriydi. Antraxinon antratsenni oksidlab yoki ftal kislota angidridiga alyuminiy xlorid katalizatorligida benzol taʼsir ettirib olinadi. U turli reaksiyalarga kirisha … Читать далее

ANTIFON

ANTIFON (yun. antiphonos — javoban sadolanuvchi; anti — qarshi va phon — ovoz, tovush) — ikki xorning yoki yakkaxon xonanda bilan xorning navbatmanavbat kuylashi. Kelib chikishiga koʻra yunon fojiasi bilan bogʻliq boʻlib, unda xor ikkiga ajralib kuylagan. Keyinchalik turli cherkov xorlariga, jumladan xristian diniy-musikiy marosimiga kiritilpsh. Antifon uslub sifatida Yevropa kompozitorlarining koʻp asarlarida qoʻllanilgan.