ARIQCHA
ARIQCHA — yogʻoch oʻymakorligida qoʻllanadigan naqsh; oʻyma yoʻl, chiziq. U pardoz qalam bilan yogʻoch sirtiga nafis oʻyiladi. Ganchkorlikda Ariqcha choka pardoz deb yuritiladi.
ARIQCHA — yogʻoch oʻymakorligida qoʻllanadigan naqsh; oʻyma yoʻl, chiziq. U pardoz qalam bilan yogʻoch sirtiga nafis oʻyiladi. Ganchkorlikda Ariqcha choka pardoz deb yuritiladi.
ARISTOTEL (Aristoteles), Arastu (mil. av. 384/383, Stagira – 322/321, Evbeya o., Xalqida) — Yunonistonning buyuk faylasufi. Mil. av. 367-y. da Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil koʻrdi, 20 y. uning ishlarida ishtirok etdi. Mil. av. 343-y. dan eʼtiboran Makedoniya podshohi Filipp taklifi bilan shahzoda Aleksandrta murabbiylik qildi. Mil. av. 335-y. da Afinaga qaytib, oʻzining Likey maktabini … Читать далее
ARIZACHOʻP — uzunchoq, ichi kovak, chiroyli ishlanib, sirti naqshlangan yogʻoch gʻilof. Oʻrta asrlarda Turkiston xonliklaridagi amaldorlar oʻzaro yozgan ariza va iltimosnomalarini Arizachoʻpda choparlar orqali yuborganlar.
ARZ — q. Ariza.
ARDENNA OT ZOTI — ogʻir yuk tortuvchi ot zoti. Belgiyaning jan. va Fransiyaning shim.-sharqidagi Ardenna togʻligi r-nida (nomi shundan) chiqarilgan. Ardenna ot zotining tirik vazni 600 — 700 kg, bal. 148—160 sm, koʻkrak ayla-nasi 190—210 sm, pochasining yoʻgʻonligi 20—23 sm atrofida. Rossiyaga 19-a. ning oʻrtalarida keltirilgan.
ARGILLITLAR (yun. argillos — gil va lithos — tosh) — gil jinslarning suvda boʻkmaydigan, toshqotgan, qattiq guruhi. Argillitlar gil va gilsimon choʻkindilarning zichlanishi, suvsizlanishi (degidratatsiya) va sementlanishi natijasida hosil boʻladi. Argillitlar burmalangan oʻlkalarda hamda platforma oblastining qad. yotqiziqlarida uchraydi.
ARBITRAJ SUDI — korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasidagi xoʻjalikka oid nizolarni hal etuvchi yagona organlar tizimi.
ARAXNOZLAR (yun. arachne — oʻrgimchak) — hayvonlarda parazit va zaharli oʻrgimchaksimonlar (kanalar) qoʻzgʻatadigan yuqumli kasalliklar. Demodekozlar, sarkoptoz, psoroptoz, xorioptoz, notoedroz, ototsentoz va b. kasalliklar chorvachilikka katta zarar keltiradi. Hayvonlar A. ini veterinariya araxnologiyasi oʻrganadi.
ARALSK — Kozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatidagi shahar (1938-y. dan), Orol dengizining shim.-sharqiy tarafida. T. y. stansiyasi. Aholisi 31,4 ming kishi (1991). Koʻtarish-transport, elektr-mexanika jihozlari z-dlari, «Orolsulfat» k-ti, tikuvchilik f-kasi bor. A. 1905-y. da Orenburg — Toshkent t. y. qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan.
ARALASH YEM — ilmiy asoslangan retseptlar boʻyicha maydalangan turli ozuqalardan tayyorlangan aralashma. Aralash yem har xil yoshdagi chorva mollari va parrandalar uchun z-d hamda chorvachilik xoʻjaliklarida tayyorlanadi. Yemga aminokislotalar, mikroelementlar, antibiotik va vitaminlarga boy moddalar qoʻshilib, uning umumiy biologik qimmati ancha oshiriladi.