ANTUAN

ANTUAN (Antoine) Andre (1858.31.1, Limoj — 1943.9.10, Puligen) — fransuz aktyori, rejissyori, teatr nazariyotchisi. Erkin teatr (1887 — 94), Antuan teatri (1897 — 1906) ni tashkil etib, ularga rahbarlik qilgan. 1906 — 14 y. larda Antuan «Odeon» teatrida direktorlik, rejissyorlik qildi. Teatr tanqidi va kino sanʼati bilan shugʻullandi. Antuan teatrning xalqchil va haqqoniy boʻlishi uchun … Читать далее

ANTONIY

ANTONIY Mark (Marcus Antonius) (mil. av. 83 — 30) — Rim siyosiy arbobi va sarkardasi. Antoniy 58 y. da Falastin va Misrga qarshi yurishda shuhrat qozondi. 54 y. da Sezar bilan birga Galliya urushida ishtirok etdi. Respublikachilar tormor qilingandan keyin (42) Antoniy sharqiy viloyatlarga hokim qilib tayinlandi. U yerda Misr malikasi Kleopatraga uylandi. Sharqdagi koʻpgina … Читать далее

ANTISEPTIKA

ANTISEPTIKA — jarohatlarni va ularni tozalab davolashda ishlatiladigan asboblarni kimyoviy moddalar b-n yuqumsizlantirish usuli. 1867-y. da ingliz olimi J. Lister fransuz bakteriologi L. Paster tajribalariga asoslanib operatsion xona havosidagi, jarroh qoʻlidagi va jarohatga ishlatiladigan narsalar (doka, jarrohlik asboblari) dagi bakteriyalarni yoʻqotish b-n jarohatlarni koʻpgina asoratlardan saqlab qolish mumkin, degan xulosaga keldi. Buning uchun u 5% … Читать далее

ANTIMUTAGENLAR

ANTIMUTAGENLAR (yun. anti – qarshi va mutagenlar) — sunʼiy (indutsirlangan) yoki tabiiy (spontan) mutatsiyalarning paydo boʻlishini kamaytirish xususiyatiga ega moddalar. Antimutagen taʼsirga ega boʻlgan preparatlar turli tipdagi kimyoviy birikmalardan iborat: purinli ribozidlar; alifatik poliaminlar; akridin va uning aminli hosilalari; xinakrin va uning analoglari; benzakridin va xinolin hosilalari; antibiotiklar (streptomitsin, xloramfenikol, aktinomitsin D); sulfanilamidli preparatlar; digidropiridinlar … Читать далее

ANTIB

ANTIB — Fransiya jan. dagi shahar va port, iqlim kurorti. Dengiz boʻyi Alp togʻlari etagida, Moviy qirgʻoqda, Kann sh. dan sharqda. Aholisi 63 ming kishi (1990). Turizm markazi. Gulchilik va badiiy kulolchilik bilan shugʻullaniladi. Sobiq Grimaldi saroyida P. Pikasso muzeyi, Antib boʻrnida botanika bogʻi va Napoleon muzeyi bor. Shaharga mil. av. 4-a. da yunonlarning Antipolis … Читать далее

ANTARES

ANTARES — Aqrab (Chayon) yulduz turkumining 1-kattalikdagi ravshanligi oʻzgaruvchan eng yorugʻ yulduzi (asi). Uzoqligi – 400 yorugʻlik yiliga teng. Diametri Quyosh diametridan 300-martacha katta. Oʻzbekistonda oʻrta kengliklarda may, iyun oylarida ufq yaqinida koʻrinadi.

ANOFTALM

ANOFTALM — bir yoki ikkala koʻz soqqasining yoʻqligi. Tugʻma sabablar yoki shikastlanish va turli kasalliklar natijasida roʻy beradi. Onaning homiladorlik davridagi ogʻir kasalliklari yoki turli zaharli moddalar, jumladan dorilardan zaharlanishi sabab boʻladi.

ANOMAL AYLANISH DAVRI

ANOMAL AYLANISH DAVRI — yoritqich orbitasining markaziy jismga eng yaqin nuqtasi (mas, perigey, perigeliy)da ketma-ket ikki marta boʻlishi orasida oʻtgan vaqt. Mac, anomal oy (yil) — Oy (Yer)ning, perigey (perigeliy)da ketma-ket ikki marta boʻlishi orasida oʻtgan vaqt. Anomal oy — 27,55 sutkaga, anomal yil esa 365,2596 sutkaga teng.