ARALASH SILOS

ARALASH SILOS — turli ozuqabop oʻsimliklarning koʻk poyasi, doni, ildizmevalarini konservalash (surlash) usuli bilan tayyorlanadigan ozuqa. Aksariyat parrandalar, choʻchqa va yosh buzoqlarni boqishda qoʻllaniladi. Aralash silos tayyorlash uchun namligi yuqori don, qand, nimqand va xashaki lavlagi, sabzi ildizmevalari va barglari, koʻk beda, kartoshka, qovoq va b. ning palaklari ishlatiladi. Aralash silos namligi 60 —70%, rN … Читать далее

ARAVON

ARAVON — shaharcha, Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon tumani maʼmuriy markazi. Qad. qishloq oʻrnida vujudga kelgan. Aravonsoy quyi oqimining har ikkala sohilida, togʻlar orasida joylashgan. Oʻsh sh. dan 25 km gʻarbda, Oʻzbekistonning Marhamat sh. dan 14 km narida. Axolisi 2,5 ming kishi (1977), aksari qismi oʻzbeklar; shuningdek qirgʻiz, rus, ukrain, turk, tojik va b. millat … Читать далее

ARABISTON DENGIZI

ARABISTON DENGIZI — Hind okeanining shim. dagi chekka dengiz. Hindiston va Arabiston ya. o. lari oraligʻida joylashgan. Mayd. 4832 ming km2. Oʻrtacha chuq. 2734 m. Eng chuqur joyi 5803 m. Yirik qoʻltiqlari — Adan va Ummon. Hind daryosi quyiladi. Iqlimi tropik mussonli. Dengiz yuzasidagi suv t-rasi fev. da shimolda 22° dan jan. da 27° gacha, … Читать далее

APSHERON YARIM OROLI

APSHERON YARIM OROLI — Kavkazning sharqiy uchi, Ozarbayjonda. Kaspiy dengiziga 60 km kirib borgan. Eni 30 km gacha, yer yuzasi bir oz past-baland, bal. 165 m gacha. Balchiq vulkanlari kup. Yirik neft va gaz konlari bor. Jan. sohilida Boku joylashgan. Bilgax, Pirshaga va b. shifobaxsh kurortlari bor.

APPENDIKS

APPENDIKS (lot. appendix – oʻsimta) — koʻrichakning pastki qismida joylashgan chuvalchangsimon oʻsimta. U koʻrichakning embrional rivojlanishida oʻsmay qolgan qismidan paydo boʻlgan. Uz. oʻrtacha 5 — 7 sm, baʼzan 18 — 20 sm gacha, diametri 3 — 7 mm boʻladi. Oʻsimta odatda osilgan holatda turadi, uzun boʻlsa, chanoq boʻshligʻigacha boradi. Baʼzida koʻrichakning orqa tomonida joylashib, oʻng … Читать далее

APORIYA

APORIYA (yun. aporia — qiyinchilik) — formal mantiqsa muhokamalardagi ziddiyat tufayli hal etib boʻlmaydigan yoki hal etilishi mushkul boʻlgan holat, mantiqiy qiyinchilik. Yunon faylasuflari mushkul mantiqiy muammolarni Aporiya deb ataganlar. Aporiya yunon falsafasida dialektik tendensiyalar boʻlganligidan dalolat beradi (yana q. Antinomiya).

APLANOSPORA

APLANOSPORA (yun. aplanes — qoʻzgʻalmaydigan va spora) — yashil va sariq-yashil soʻvoʻtlar baʼzi turlarining jinssiz koʻpayishi davrida hosil buladigan harakatsiz spora. Zoosporalar kabi Aplanospora ham oddiy vegetativ hoʻjayralarda yetiladi, lekin ulardan xivchini boʻlmasligi va harakat qilmasligi bilan farq qiladi.

AORTIT

AORTIT — aorta devorining yalligʻlanishi. Aortit infeksion va allergik boʻladi. Kasallik oʻtkir va surunkali kechadi. Mikroblar qon, limfa orqali va qoʻshni aʼzolardan oʻtishi mumkin. Bunda koʻpincha devorning oʻrta qavati shikastlanadi; aksariyat zaxm natijasida kelib chiqadi. Kasallikda toʻsh suyagining orqasi ogʻriydi va aorta bir qadar kengayadi.

ANSHLYUS

ANSHLYUS (nem. Anschlus — qoʻshib olish) — 1-jahon urushidan keyin Germaniyaning Avstriyani oʻziga qoʻshib olishdan iborat zoʻravonlik siyosati. Anshlyus 1938-y. 11 — 12-martida fashistlar Germaniyasining Avstriyani bosib olishi b-n yakunlandi. Avstriya mustaqilligi 1945-y. apr. da, 2-jahon urushi davomida ozod etilganidan soʻng tiklandi va Anshlyusni taqiqlovchi davlat shartnomasi bilan qonunlashtirildi.