ARMKO-TEMIR

ARMKO-TEMIR (ARMKO) — amerika firmasining qisqartirilgan nomi — texnika nuqtayi nazaridan toza (taxm. 99,85 foiz Gʻye dan iborat) temir. A.-t. korroziyabardosh, nihoyatda choʻziluvchan, elektr oʻtkazuvchanligi yumshoq poʻlatnikiga qaraganda qariyb ikki baravar katta; magnitga toʻyinuvchanligi juda yuqori (21600 gs gacha) boʻlganligidan elektr mashinasozligida keng ishlatiladi; undan lab. idishlari, tunuka, quvur, sim va b. buyumlar tayyorlashda, murakkab … Читать далее

ARMAN YOZUVI

ARMAN YOZUVI — arman yepiskopi Mesrop Mashtos tomonidan 405 — 406-y. larda yunon va oromiy yozuvlar asosida yaratilgan. Unga 12-a. da 2 ta yangi harf kiritildi. Hoz. Arman yozuvida 39 harf bor. A. yo. tarixan takomillashib, yumaloq shakl ola bordi va tez yozish uchun moslashdi. Chapdan oʻngga tomon oʻqiladi.

ARIFMETIK QATOR

ARIFMETIK QATOR (t tartibli) — tartibli koʻpxad ning oʻzgaruvchi x ga butun, musbat qiymatlar berilganda oladigan qiymatlari ketma-ketligi. Har xil tartibli Arifmetik qatorlar har xil sonlar qatorlari hosil qiladi. 1-tartibli Arifmetik qator arifmetik progressiya hosil qilganidek, 2-tartibli Arifmetik qator, mas, uchburchakli sonlar figurali (shakldor) sonlar, xususiy holda kvadrat sonlar tashkil etadi, 3-tartibli Arifmetik qator esa … Читать далее

ARININ Mixail Aleksandrovich

ARININ Mixail Aleksandrovich (1897.3.9, Saratov gubernyasi — 1967.7.5, Toshkent) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1951). 1924-y. dan dastlab Koʻqonda, soʻng Toshkentda yashab ijod qilgan. 1930-y. larda «Paranjini yondirish», «Gʻoʻza chopigʻi» (1935), «Paxta topshirish» (1937) va b. asarlarni yaratdi. 2-jahon urushi yillari OʻzTAGda ishladi. Shim. Kavkaz frontida boʻlib, «Nemislar ketgandan keyin», «Togʻlik qiz portreti», … Читать далее

ARIABHATA

ARIABHATA (476 – ?) — hindistonlik falakiyotshunos va riyoziyotchi. Astronomiya va mat. ga oid «Ariabhatiam» asarining muallifi. Asarda astronomik hisob uchun zarur qisqa matematik maʼlumotlar berilgan, sonlardan kub va kvadrat ildiz chiqarish yoʻllari ham koʻrsatilgan.

AREVSHAT

AREVSHAT — xoʻraki oʻrtapishar uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i. t. institutida Kattaqoʻrgʻon va Parkent navlarini chatishtirib yaratilgan. Armanistonda ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha, besh boʻlmali, kertiklari chuqur, tuksiz. Guli ikki jinsli, uzum boshi yirik, choʻzinchoq, tigʻiz. Gʻujumi yirik, dumaloq, pushti. Pusti yupqa, eti sersuv, shirin. Hosili kurtak yozilishidan faol harorat yigindisi … Читать далее

ARGON-YOYLI PAYVANDLASH

ARGON-YOYLI PAYVANDLASH — metallarni himoya gazi — argon muhitida elektr yoy bilan payvandlash. Eriydigan (avtomatik payvandlashda) yoki erimaydigan (dastaki va avtomatik payvandlashda) elektroddan foydalaniladi. List koʻrinishidagi metall va qotishmalarni, poʻlat quvurlarni payvandlashda ishlatiladi.

ARBUZOV REAKSIYASI

ARBUZOV REAKSIYASI — 3 valentli fosfor efirlari (fosfitlar, fosforitlar, fosfinlar va ular ayrim hosilalari)ning alkillovchi yoki aril-lovchi reagentlar taʼsirida fosfor — uglerod bogʻi hosil qilib qayta guruhlanishi natijasida 5 valentli fosfor birikmalariga aylanish reaksiyasi.

ARASHON

ARASHON (sanskritcha arasan — obi hayot) — issiq suvli mineral buloq. Arashon asosan, geografik nomlar tarkibida qolgan. Arashon arasan, arshan shakllarida Sibirda va Oʻrta Osiyoda juda koʻp joy nomlari tarkibida uchraydi. Arashon, Arashonbuloq, Arashonsoy, Olmaarasan, Oqarasan kabilar.