ASTAT

ASTAT, astatin (Astatium) , At — sunʼiy yoʻl bilan hosil qilingan kimyoviy radioaktiv element. Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub; galogenlar jumlasidan. Tartib raqami 85. 1940-y. da vismutni a-zarrachalar bilan parchalash natijasida kashf etilgan. Astatning barqaror izotopi yoʻq. Lekin 20 dan ortiq radioaktiv izotopi maʼlum. At21ning yarim yemirilish davri 7,2 soat, At2l0HHKH esa 83 soat. … Читать далее

ASSIMILYATSIYA

ASSIMILYATSIYA (lot. assimililio-birikish, oʻzlashtirish, oʻxshatish) — (biol. da) tirik organizmlar uchun xos boʻlgan moddalar almashinuvining bir tomoni, tashqi muhitdan olinadigan moddalardan organizm uchun zarur murakkab moddalar hosil boʻlishi. Assimilyatsiya — tiriklikning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Assimilyatsiya jarayonida organizmning oʻsishi, rivojlanishi va yangilanishida energiya manbai sifatida foydalaniladigan moddalar toʻplanishi taʼminlanadi. Termodinamika nuqtayi nazaridan organizmlar ochiq sistema … Читать далее

ASPARUX

ASPARUX (Isperix, Ispor, Aspirek) (? — 701) — qad. turkiyzabon bulgʻorlar xoni (643 — 701), ilk slavyan-bolgar davlati (681 — 1018) asoschisi. Asparux bulgʻor qabilalari ittifoqi yoʻlboshchisi Kubratxon (Qorotxon) ning uchinchi oʻgʻli boʻlgan. Asparux koʻchmanchi bulgʻorlarning bir qismi bilan Azov boʻyidan xazarlar tazyiqi ostida Bessarabiyaga, soʻngra Dunayning Vizantiyaga qarashli ung sohilidagi yerlarga oʻtgan. 679-y. Meziya … Читать далее

ASKORBIN KISLOTA

ASKORBIN KISLOTA, vitamin S — kristall modda; skorbutga qarshi vitamin. Hayvonlarning buyrak usti bezlari, gipofizi va jigarida, igna bargli daraxtlar yaproklarida, ayniqsa hoʻl meva va sabzavotlarda koʻp. Bu vitamin issiqqa chidamsiz, yuqori t-rada buziladi. Askorbin kislota organizmdagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida qatnashadi. Uning ovqatda yetishmasligi qon tomirlarning shikastlanishi, qon oqishi bilan kechadigan lavsha (skorbut) kasalligiga … Читать далее

ASIRIY

ASIRIY (taxallusi; asl ismi Toshxoʻja oʻgʻli) (1864 — Xoʻjand — 1915/16) — turkiy shoir. Qoʻqonda madrasada oʻqigan (1882 — 90). Otasidan toshtaroshlikni oʻrganib, umrining oxirigacha shu kasb bilan shugʻullangan. Oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Mumtoz shoirlar, ayniqsa Bedil anʼanalarini davom ettirgan. Sheʼrlari gʻoyaviybadiiy yetuk. Javhariy va b. zamondoshlari Asiriyni erksevar, noziqtab, shirinsuxan shoir, «ilm-fan … Читать далее

ASEPTIKA

ASEPTIKA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va septicos — yiringli) — mikrobsizlik holatini taʼminlaydigan usullar; fizik (kuydirish, nur, qaynatish, muzlatish), kimyoviy (antiseptik moddalar bilan taʼsir etish), mexaniq biologik va b. usullar bilan amalga oshiriladi. Aseptikaga nemis olimi E. Bergman asos solgan. Aseptika turli murakkab jarrohlik operatsiyalarini hech qanday asoratsiz va xavf-xatarsiz bajarishga imkon beradi. Aseptikaga … Читать далее

ASAXI SIMBUN

«ASAXI SIMBUN» («Tong quyoshi») , «Asaxi» — yapon tilida chiqadigan kundalik gazeta. «Asaxi simbuneya» konserni 1879-y. dan Osakada, 1888-y. dan Tokioda nashr etadi. Keyingi yillarda Nagoya, Kitakyusyu va Sapporoda ham chiqadi. Tonggi va kechki nashrlari umumiy adadi 8 mln. dan ortiq.

ASADULLAYEV

ASADULLAYEV Toʻraxon (1941.14.4, Kasbi tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1994). Qarshi ped. in-tini tugatgan (1966). 1972—75 y. larda Kasbi tumanidagi 13-maktabda yetakchi, 1975-y. dan 20-maktabda, 1995-y. dan 2-maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Asadullayev oʻzining pedagogik faoliyati davomida butun diqqat-eʼtiborini oʻquvchilarga puxta bilim berish, ularning dunyoqarashini shakllantirish, olgan bilimlari asosida mustaqil fikrlashga qaratdi. Asadullayev … Читать далее