ALKOGOLYAT VA FENOLYATLAR

ALKOGOLYAT VA FENOLYATLAR — spirtlar va fenollarning gidroksil guruhidagi vodorod atomining metallga almashinishidan hosil boʻlgan kat-tik moddalar. Spirtda yaxshi eriydi. Alkogolyatlar ishqoriy va ishqoriy-yer metallarni spirtda eritish yoʻli bilan olinadi, fenolyatlar esa fenollar bilan ishqorlar suvli eritmalarining oʻzaro taʼsirlashuvi natijasida hosil boʻladi. Suv taʼsirida Alkogolyat va fenolyatlar va F. spirt va ishqorga parchalanadi. Alkogolyat va … Читать далее

ALKALIMETRIYA

ALKALIMETRIYA (arab, alqaliy – ishqor va yun. metreo — oʻlchayapman) — ishqor miqdorini aniqlashda hajmiy analizning neytrallanish reaksiyasiga ayeoslangan usuli. Bunda tekshirilayotgan eritmaga maʼlum konsentratsiyali kislota oz-ozdan qoʻshib boriladi. Reaksiyaning oxiri ilgaridan qoʻshib qoʻyilgan indikator rangining oʻzgarishiga qarab bilinadi. Ishqor miqdori sarflangan kislota miqdoriga qarab aniqlanadi. Eritmalar rangli boʻlsa, titrlash usulidan foydalaniladi. Alkalimetriyadan eritmadagi ishqor, … Читать далее

ALIF

ALIF — arab alifbosida va u asosida tuzilgan eski oʻzbek yozuvidagi birinchi harfning nomi. Eski oʻzbek yozuvida bu belgi hosil boʻlish oʻrniga koʻra bir-biridan farqli boʻlgan ikkita unlini:

ALIMKENT

ALIMKENT — Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1967-y. dan). Tumanning sharqiy qismida joylashgan. Yaqin t. y. bekati Kuchlikdan 16 km. Toshkent sh. dan 40 km. Aholisi 7123 kishi (1997). Alimkentda «Maftuna» hissadorlik jamiyati, paxta z-di, 3 umumtaʼlim maktabi, bolalar bogʻchasi, kasalxona, poliklinika, dorixona, kutubxona, klub, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish punktlari bor.

ALI SULTON

ALI SULTON (1416—?) — Turfonning birinchi sultoni. 1469-y. Turfonni sultonlik deb eʼlon qildi, uning siyosiy-iqtisodiy qudratini oshirdi. Ali Sulton davrida q. x. va hunarmandchilik ancha rivojlandi. Korizlar koʻpaydi, ekin maydonlari kengaydi, don mahsuloti chetga chiqarila boshlandi. A. S. Qoju, Lyukchun bekliklarini, 1473-y. da Qumul (Xomi) sultonligini ish-gʻol qilib, oʻz sultonligiga birlashtiradi, Xitoy Min imperatorligi qoʻl … Читать далее

ALYOR

ALYOR — xalq qoʻshiqlarining bir turi, oʻtmishda joʻra (ulfat)lar davrasida qadah tutib aytilgan. Kosagul (soqi) qoʻlida boʻza yoki may toʻddirilgan qadah tutib, davradagilarga: «Alyor boʻlsin-ay, Xoʻjam yor boʻlsin-ay, Xoʻjam bergan bu davlatga dushman zor boʻlsinay», — deya murojaat qilgan. Qadahni (kosani) olgan suhbatdosh oʻz navbatida joʻraboshi xohishiga koʻra, biror qoʻshiq yoki raqs ijro etgan. Bunday … Читать далее

ALEKSANDRIYA MUSKATI

ALEKSANDRIYA MUSKATI — xuraki, urtapishar mayizbop va vinobop uzum navi. Vatani Arabiston ya. o. Oʻzbekistonda r-nlashtirilgan. Qrimda va Gruziyada keng tarqalgan. Tupi kuchli oʻsadi, bargi oʻrtacha, besh boʻlakli, cheti arra tishli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha (buyi 22 sm, eni 12 sm), silindrsimon, ogirligi 280 g gacha. Gʻujumi urtacha, dumaloq yoki bir oz choʻziq, … Читать далее

ALEYRON DONACHALARI

ALEYRON DONACHALARI, protein donachalari (yun. aleuron — un-urvoq) — endospermdagi oqsil moddalarning kristallangan qattiq, dumaloq donachalari. Ular baʼzi moyli oʻsimliklar (mas, kanakunjut) urugʻida yirikroq, bugʻdoy, arpa va b. urugʻida esa maydaroq boʻladi. Urugʻdan unib chiqadigan maysa A. d. hisobidan oziqlanadi.

ALGORITMIK TIL

ALGORITMIK TIL — biror masala yechimini algoritm koʻrinishida yozishga imkon beradigan dastur tuzish tili. Algoritmik tilni qoʻllash sintaksis (asosiy misollardan qurilma tuzish qoidalari tizimi) va semantika (ularni bir xil sharhlash qoidalari tizimi) bilan belgilanadi. Alifboning baʼzi harflari yoki biror boshqa timsollar Algoritmik tilning timsollari boʻlishi mumkin. Soʻzlar, gaplar, jadvallar va b. ifodalar Algoritmik til qurilmalari … Читать далее

ALBAN TILI

ALBAN TILI — alban xalqining tili. Albaniya Respublikasining davlat tili. Hind-yevropa tillari maxsus guruhiga kiradi. Alban tilida 3 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi, 2 katta dialektga boʻlinadi: shim. (geg), jan. (tosk). 19-a. oxirida hoz. adabiy Alban tili mazkur dialektlar asosida shakllangan. Tuzilishi jihatdan Alban tili bilan bulgʻor va rumin tillari oʻrtasida umumiy oʻxshashlik mavjud. Alban … Читать далее