ALYUMINIY XLORID

ALYUMINIY XLORID, AlSl3 — xlorid kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall; zichligi 2440 kg/m3, qutbli molekulalardan tuzilgan organik erituvchilarda va suvda yaxshi eriydi (100 g suvda 44,38 g). Suvli eritmalarda uning oq-sargʻish rangli kristallogidrata A1S13-6N2O hosil boʻladi. Qutbli molekulalar (NH3, RSl3, RSl5) bilan birikmalar hosil qiladi. Kaolin, boksit va b. tabiiy minerallarga yuqori t-rada xlor va … Читать далее

ALFA

ALFA (a) -ZARRALAR — baʼzi bir radioaktiv elementlar chiqaradigan geliy atomlarining yadrolari. Geliy atomining yadrosi ikkita proton va ikkita neytrondan iborat. Bu zarralar radioaktiv elementlar yemirilganida ajralib chiqadi, ayni vaqtda energiya ham ajraladi. Alfa biror modda orqali oʻtganida modda atomlarini ionlashtirib, oʻz energiyasi kamayadi.

ALP BURMALANISHI

ALP BURMALANISHI — asosan kaynozoydagi tektogenez erasi; geosinklinal obl. larda vujudga kelib, mezozoy va paleogenda rivojlangan. Alp burmalanishi natijasida geosiiklinallar burmali togʻlarga aylangan. Oʻsha vaqtda Alp burmali togʻlari (A. b. nomi shundan) va Alp geosinklinal (burmali) obl. va b. tuzilishlar shakllandi. Alp burmalanishi Oʻrta dengiz va Tinch okean mintaqalariga ajratilgan. Oʻrta dengiz mintaqasiga Apennin, Alp, … Читать далее

ALGOLOGIYA

ALGOLOGIYA (lot. alga — suvoʻt, yun. logos — taʼlimot) , fikologiya — botanikaning suv oʻtlarini oʻrganadigan boʻlimi. Algologiyaning oʻrganish obyekti bir hujayrali mikroskopik oʻlchamdagi prokariot (koʻk-yashil suv oʻtlari, proxlorfitsimonlar) hamda koʻp hujayrali yirik (uz. 60 m gacha) eukariot (yashil, sariq-yashil, qoʻngʻir, qizil va b.) organizmlardir. Mikroskopik kattalikdagi suv oʻtlari baʼzan mikrobiologiyaning oʻrganish obyekti hisoblanadi. Algologiyaning … Читать далее

ALBERTINA

ALBERTINA — Vena sh. dagi grafika asarlari koʻrgazmasi, dunyoda eng boy toʻplamlardan: 35 mingdan ziyod rasm, miniatyura asarlari, 1 mln. dan ortiq gravyura va litografiya, plakatlar mavjud. Rafael, A. Dyurer, P. Rubens, Rembrandt va b. yaratgan koʻplab nodir rasmlar yigʻilgan. 1776-y. da gersog Albertining shaxsiy toʻplami sifatida asos solingan. 1920-y. da Vena un-ti gravyura kabineti … Читать далее

ALUSHTA

ALUSHTA — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1902-y. dan). Qrim ya. o. ning jan. sohilida. Aholisi 37,6 ming kishi (1991). Iqlimiy kurort. Simferopoldan 45 km va Yaltadan 32 km. Qrimning jan. sohilidagi boshqa kurortlarga nisbatan iqlimi ancha salqin. Tarix-oʻlkashunoslik, tabiat muzeylari bor. Shahar 6-a. da vujudga kelgan. 14-a. dan genuyaliklar, 1475-y. dan turklar kul ostida. 1783-y. … Читать далее

ALOQA MARKALARI

ALOQA MARKALARI — pochta xabarlarini yuborish uchun xizmat haqi toʻlanganligini koʻrsatuvchi, pochta boshqarmasi chiqargan pullik belgilar. Pochta haqi toʻlash belgilariga pochta markalaridan tashqari, marka bosilgan konvertlar va pochta kartochkalari ham kiradi. Oʻzbekiston mustaqilikka erishgandan soʻng mamlakat hayotiga doir turli mavzudagi Aloqa markalari ishlab chiqarilmoqda (q. Filateliya).

ALMASHTIRISH

ALMASHTIRISH (matematikada) — xossalari har xil boʻladigan ikki toʻplam elementlarini bir-biriga mos qoʻyish. Mac, X toʻplamning har bir x elementiga Y toʻplamning toʻla aniqlangan u elementa mos qoʻyiladi. Koʻpincha Almashtirish deb ayni bir toʻplamning x va y=f(x) elementlari orasidagi oʻzaro bir qiymatli moslik tushuniladi. Geom. da koʻpincha nuqtaviy Almashtirish tekshiriladi. Bunda biror koʻp xillilik (chiziq, … Читать далее

ALLERGOLOGIYA

ALLERGOLOGIYA (allergiya va logos — fan) — tibbiyot fanining bir boʻlimi; allergik kasalliklarning paydo boʻlishi sabablari, avj olish mexanizmi, belgilari, oddini olish va davolash usullarini oʻrganadi. Allergologiya immunologiya b-n chambarchas boglangan, chunki allergiya immunologik mexanizmlar asosida kelib chiqadi. Allergologiyaning asosiy qismini klinik Allergologiya tashkil etadi. Allergologiyaning allergik reaksiyalarni oʻrganadigan — autoallergiya, immunopatologiya, shuningdek antitelolar keltirib … Читать далее