ANTISEMITIZM

ANTISEMITIZM — milliy va diniy bidʼat-xurofot, yahudiylarga dushmanlik koʻzi bilan qarash. Antisemitizm irqiy shovinizmning eng mudhish koʻrinishidir. Tarixda Antisemitizm turli shakllarda — atayin yolgʻon, tuhmat tarqatish, har xil kamsitishlardan tortib, to ommaviy ravishda aholini koʻchirib yuborish va qirgʻin qilish, genotsidgacha namoyon boʻlgan. Antisemitizm german fashizmi oʻtkazgan siyosatda ayniqsa keskin tus olgan.

ANTIMONIT

ANTIMONIT (surma yaltirogi) — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Sb2S3. Aralashmalari: Bi, As, Ag, Ai. Qattiqligi 2 — 2,5. S. ogʻ. 4,5 – 4,6. Moʻrt. Rangi poʻlatsimon kulrang. Kristallari ignaga oʻxshash va prizmatik shaklda. Yaxlit massa tariqasida ham uchraydi. Koʻpincha, u kinovar bilan past t-rali (epitermal) konlarda boʻladi. Surma olinadigan asosiy mineral. Antimonitning yirik konlari Yaponiya, … Читать далее

ANTIZARRALAR

ANTIZARRALAR — massasi, spini, izotopik spini, juft-toqligi oʻzining «egizak» zarrasining mos parametrlariga oʻzaro teng boʻlib, bir-bi-ridan faqat elektr va nuklon zaryadlari, ajibligi, magnit momentlarining ishoralari bilan farq qiladigan elementar zarralar.

ANTANANARIVU

ANTANANARIVU (Tananarive) — Madagaskar Respublikasining poytaxti. Antananarivu provinsiyasining maʼmuriy markazi. Madagaskar o. ning markaziy qismidagi platoda joylashgan. Aholisi 802 ming kishi (1990). Mamlakatning iqtisodiy markazi. A. Tamatave porti va Ansirabe shahri bilan t. y. orqali tutashgan. Avtomobil yoʻllari tuguni. Antananarivudan 50 km narida xalqaro aeroport bor. Sanoati oziq-ovqat (goʻsht konservalash, sholi oqlash), charm poyabzal, kimyo, … Читать далее

ANORTOZIT

ANORTOZIT — gabbro guruhiga mansub magmatik togʻ jinsi. Asosli yoki oʻrta asosli plagioklazdan iborat. Tarkibida olivin, piroksen magnetit boʻladi. Oq, kulrang, toʻq kulrang, qoramtir rangli boʻladi. Alar plagioklazning tarkibiga qarab, labradoritlar, bitovnititlar, anortitli Alarga boʻlinadi. A. Ukrainada Volin, Rossiyada Kola ya. o. da bor. A. fizik, kimyoviy nurashlarga chidamli boʻlganidan haykallar yasash, imoratlarni, metropolitenlar va … Читать далее

ANKORIJ

ANKORIJ — AQSHdagi shahar, Alyaska shtatida. Aholisi 226 ming kishi (1990). Tinch okeanning Alyaska qoʻltigʻi sohilidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport yoʻllari tuguni Alyaskaning savdo-moliya markazi; yogʻochsozlik, oziq-ovqat (baliq qayta ishlanadi), poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 2 un-t, Arktika indeyslari va eskimoslar muzeyi bor. A. ga 1915-y. da asos solingan. 1964-y. … Читать далее

ANIKIN Vasiliy Vasilyevich

ANIKIN Vasiliy Vasilyevich (1952, Oʻsh viloyati) — kurashchi, xalqaro toifadagi sport ustasi (1976). Yunon-rum kurashi bilan shugʻullangan. Oʻzbekistonning bir necha marta chempioni. Yevropa kubogi (1977, Lissabon), Jahon kubogi (1981, Bolgariya) gʻolibi. Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Vengriya, Ruminiyada oʻtkazilgan xalqaro turnirlarda 1-oʻrinni egallagan. OʻzR mudofaa vazirligi Markaziy Harbiy sport klubida sport ustozi.