AKKRA

AKKRA — Gana Respublikasi poytaxti (1957-y. dan), Gvineya qoʻltigʻi sohilidagi pasttekislikda. Katta Akkra poytaxt okrugi sifatida ajratilgan. Akkra — mamlakatning eng yirik shahri. Aholisi 1,2 mln kishi (1997). Akkra — Gananing muhim savdo, sanoat va madaniy markazi. Transport yoʻllari tuguni, port va xalqaro aeroport mavjud. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik korxonalari, elektr uskunalari z-di bor. Kustar usulda … Читать далее

AKVAMARIN

AKVAMARIN (lot. aqua marina — dengiz suvi) — mineral. Qattiqligi 7,5 — 8. S. or. 2,63—2,80. Berillnchng och zangori, koʻkimtir-yashil yoki kulrangzangori tiniq turi. Geksagonal prizmasimon choʻziq shaklga ega. Akvamarin granit pegmatitlarida va yuqori t-rali kvars yertomirlarda uchraydi. Akvamarin qimmatbaho tosh, zargarlikda ishlatiladi. Uning yaroqsiz darz ketgan turlari berilliy uchun xom ashyo hisoblanadi.

AKARIFAGLAR

AKARIFAGLAR (yun. akari — kana va phagos — yeyuvchi) — yirtqich va parazit hasharotlar hamda kanalar; oʻrgimchakkanalarning tabiiy kushandalari. Sugoriladigan dehqonchilik mintaqalarida oddiy oʻrgimchakkana bilan oziqlanuvchi Akarifaglarning 40 turi aniqlangan. Gʻoʻza va boshqa q. x. ekinlaridagi oʻrgimchakkana bilan oziqlanib, ular sonini kamaytiruvchi Akarifaglar — stetorus, kanaxoʻr tripe, yirtqich qandala — orius, oltinkoʻzlar, fitoseid oilasiga mansub … Читать далее

AYGʻOQCHI

AYGʻOQCHI, aygʻoq (oygʻoq) , ayqoq (turkiycha — guvoh, isbotlovchi, maxfiy xabar yetkazuvchi) — 1) biror shaxs yoki ijtimoiy guruhga qarshi yolgʻon-yashiq ran yoyuvchi, igʻvo, tuhmat qilib kun kechiruvchi past, razil shaxs;

AYTBAYEV

AYTBAYEV Sultamurod (1951.20.10, Qoʻngʻirot tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Xoʻjayli ped. bilim yurtini tugatgan (1970). 1970-77 y. larda Qoʻngʻirot tumanidagi 14-maktabda, 1977-y. dan 7-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. Aytbayev rahbarligidagi maktab duradgorlik toʻgaragi qatnashchilari tuman koʻrik tanlovlarida sovrinli oʻrinlarni egallagan.

AYNLAR

AYNLAR — Xokkaydo o. (Yaponiya)da yashaydigan xalq; umumiy soni 20 mingga yaqin (1992). Ayn tilida soʻzlashadi. Baliqchilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Dindorlari budda diniga eʼtiqod qiladi.

AYLANTIRUVCHI MOMENT

AYLANTIRUVCHI MOMENT — aylanayotgan jismning burchak tezligini oʻzgartiruvchi tashqi taʼsirlar oʻlchovi. U aylanish oʻqi (Mayl)ga nisbatan jismga taʼsir etuvchi barcha kuchlarning momentlari yigʻindisiga teng (q. Kuch momenti). Aylantiruvchi moment vektori aylanish oʻqida yotadi. Yoʻnalishi parma qoidasiga muvofiq topiladi.

AYIQLAR

AYIQLAR (Ursidae) — yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Eng yirik yirtqichlar, boshi katta, boʻyni qisqa va yoʻgʻon. Panjalari kuchli rivojlangan, tovonida yuradi. Dumi kalta, kalin juni orasida deyarli sezilmaydi. Koʻpchilik Ayiqlar oʻsimlikxoʻr yoki aralash oziqlanadi. Ayiqlar odamga tegmaydi. Faqat oziq tanqis boʻlganida, keksa va yarador ayiqlar odam uchun xavfli hisoblanadi. Oq ayiq esa haqiqiy … Читать далее

AYGUN SHARTNOMASI

AYGUN SHARTNOMASI — Rossiya bilan Xitoy oʻrtasida Aygun sh. da tuzilgan shartnoma (1858). Amur daryosi boʻylab chegara chizigʻi oʻrnatishni belgilagan. Aygun shartnomasiga binoan, Amur daryosining soʻl qirgʻogʻidagi yerlar (Argun daryosidan to Amurning dengizga quyilishigacha boʻlgan yerlar) Rossiyaga qoʻshildi. Amoʻrning Ussuri daryosigacha choʻzilib ketgan oʻng sohilidagi yerlar esa Xitoyga oʻtdi. Natijada Rossiya va Xitoy kemalari Amur, … Читать далее