ALBAN QUZGʻOLONI

ALBAN QUZGʻOLONI (1912) — alban xalqining Turkiya hukmronligidan xalos boʻlish maqsadida koʻtargan umumxalq qoʻzgʻoloni; unda xristianlar b-n birga musulmon aholi ham ishtirok etdi. Shim. Albaniyaning togʻli tumanlarida yashovchi dehqonlarning mart oyidagi chiqishlari bilan boshlangan. Avg. oʻrtalariga kelib qoʻzgʻolonchilar Dibru, Elbasan, Permeti va b. shaharlarni egallashgan. Biroq qoʻzgʻolonga may oyidan boshlab rahbarlikni qoʻlga olgan zamindorlar (Hasan … Читать далее

ALAYHISSALOM

ALAYHISSALOM (as) (arab. – unga salom boʻlsin) — islomda paygʻambarlar nomi tilga olinganda aytiladigan duo. Bu duo barcha paygʻambarlar, jumladan Muhammad (sav) nomi tilga olinganda ham aytiladi. Ammo, mazkur duoning ikkinchi turi — «Sallallohu alayhi vasallam» (sav) («Alloh taolo ul zotga oʻzining salavot va salomini nozil etsin») ham mavjud boʻlib, u faqat Muhammad paygʻambarga nisbatan … Читать далее

AKSIYA KURSI

AKSIYA KURSI — aksiyaning bozor narxi. Aksiya kursi aksiya keltiradigan dividend miqdoriga toʻgʻri mutanosib va bank foizi darajasiga teskari mutanosiblikda oʻzgaradi. Aksiya kursi aksiya nominalidan (aksiyada koʻrsatilgan summadan) yuqori yoki past boʻlib, bu talab va taklifga bogʻliq. Aksiya kursini emitent emas, bozor belgilaydi. Aksiya kursi tez oʻzgarib turadi. U quyidagicha belgilanadi: dividend, Vr — bank … Читать далее

AKUSTIKA

AKUSTIKA (yun. akustikos — eshitaman) — fizikaning tovush hodisalarini, yaʼni jismda mexanik toʻlqinlarning paydo boʻlishi, tarqalishi va ularni qabul qilish jarayonlarini, tovush hodisasi bilan boshqa fizik hodisalar orasidagi bogʻlanishni oʻrganadigan boʻlimi. Tovushning tarqalish va qaytish qonunlari Yevklid zamonida aniqlangan edi. 17 – a. ga kelib, tonning yuksakligi va tebranishlar soni orasida bogʻlanish borligi aniqlandi. Galiley … Читать далее

AKTIVLIK QATORI

AKTIVLIK QATORI, kuchlanishlar qatori — metallarning elektrolit eritmalaridagi normal poten-siallarining ortib boradigan tartibda joylanishi: Li, K, Sa, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Cr, Fe, Cd, Ni, Sn, Pb, H2, Cu, Hg, Ag, Pt, Au A. q. ga taqqoslash maqsadida, metallardan tashqari, vodorod (potensiali nolga teng deb qabul qilingan) ham kiritiladi. Aktivlik qatorida muayyan oʻrinda turgan … Читать далее

AKROMOV

AKROMOV Toshxoʻja (1936.23.5, Toshkent) — kinorejissyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgan (1957). Hamza teatrida aktyor (1955 — 62), «Oʻzbekfilm»da rej. yordamchisi, rej. (1962—68), «Oʻzbektelefilm»da rej. (1968—79), 1979-y. dan Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rej. Akromov 10 dan ortiq badiiy filmlarda rej. yordamchisi. Eng yaxshi filmlari: «Komiljon Otaniyozov kuylaydi», … Читать далее