ATRIBUTSIYA

ATRIBUTSIYA (lot. atributio — nisbat bermoq) — badiiy asar (rasm, haykal va b.)ning asilligini, muallifini, yaratilgan joyi, vaqtini aniqlash. Sanʼatshunoslikda asarning uslubi va yaratilish xususiyatlari (material, kompozitsiya, ijodkorning oʻziga xos uslubi va h. k.) tahliliga asoslanadi. Dastlab mutaxassislarning tajribaviy bilimi va hissiy xulosalariga asoslangan Atributsiya 19-a. oxiridan ilmiy uslubiy taxlil, kim-yoviy va fizik tadqiqotlar (makro … Читать далее

ATOM ENERGIYASI BOʻYICHA YEVROPA AGENTLIGI

ATOM ENERGIYASI BOʻYICHA YEVROPA AGENTLIGI (AEYEA) — Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) aʼzolari boʻlgan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarining atom sanoati sohasidagi birlashmasi. U 1957-y. dek. da tuzilgan. AEYEAning oʻz ustavi, rahbar qoʻmitasi (Parijda joylashgan) va xalqaro kotibiyati bor. AEYEA faoliyati atom korxonalarini birgalikda qurishga, oʻzaro ilmiy-texnika hamtsorligini rivojlantirishga, atom energiyasidan foydalanish masalalarida milliy qonun va … Читать далее

ATOM ARTILLERIYASI

ATOM ARTILLERIYASI — oddiy va kimyoviy qurol bilan ham, yadro zaryadi bilan ham taʼminlangan snaryadlarni yer ustidagi va dengizdagi nishonlarga otish uchun moʻljallangan artilleriya tizimi. Birinchi namunasi AQSHda tayyorlangan 280 mm li toʻp hisoblanadi. 1983-y. da Nevada shtati poligonida bu toʻpni sinash uchun 360 kg ga yaqin massali atom snaryadi otilgan va u 11 km … Читать далее

ATMOSFERA STRATIFIKATSIYASI

ATMOSFERA STRATIFIKATSIYASI — atmosferada t-raning balandlik boʻyicha taqsimlanishi. Quruq yoki suv bugʻiga toʻyingan havoga nisbatan Atmosfera stratifikatsiyasi turgʻun, beqaror yoki neytral boʻlishi mumkin. Atmosfera stratifikatsiyasining bunday holatlarini kuzatish uchun t-raning quruq adiabatik (q. Adiabata), nam adiabatik va vertikal gradiyentlaridan foydalaniladi. Adiabatik vertikal yoʻnalishda havoning harakatida balandlik birligiga toʻgri keladigan t-ra pasayishi t-raning vertikal gradiyenti (u) … Читать далее

ATLAS

ATLAS (arab. — tekis, silliq) — tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan toʻqiladigan bir yuzlama silliq mato. Tanda ipi abrbandi usulida boʻyab bezatiladi. Alohida ishlov berib Atlasga jilo beriladi, shunga koʻra u tovlanib turadi. Ilgari mato yuziga kudung urilgan, hoz. kunda Atlas issiq sathli baraban — kalandrdan oʻtkaziladi. Oʻzbek Atlas lari rang-barang nafis … Читать далее

ATEIZM

ATEIZM (yun. a — inkor qoʻshimchasi, theos — xudo; xudoni, dinni inkor etish) —dinni, diniy taʼlimotni, xudoni, umuman ilohiy kuchlarga eʼtiqod qilishni inkor etish. Diniy va ateistik dunyoqarashlar bir-biriga zid boʻlib, buning zaminida idealistik va materialistok falsafiy yoʻnalishlar oʻrtasidagi kurash yotadi. Ateizm qadimda ilk ateistik tasavvurlar paydo boʻlgan davrdan hoz. kungacha bir necha bosqichni bosib … Читать далее

ATABASKA

ATABASKA — Kanadaning gʻarbidagi koʻl, Makenzi daryosi sistemasida. Chuq. 60 m gacha, mayd. 7,9 ming km2. Sharqdan gʻarbga tomon oy shaklida choʻzilgan. Shim. qirgʻoqlari baland, qoyali, jan. — pasttekislik. Okt. oyining oxirida muzlab, iyunda eriy boshlaydi. Koʻlga Atabaska daryosi quyiladi. Undan Qullar daryosi oqib chiqadi. Baliq ovlanadi, kemalar qatnaydi. Atabaska hududida uran rudasi konlari topilgan.

ASSIDIYALAR

ASSIDIYALAR (Ascidia) — qobiqlilar kenja tipining sinfi. Uz. 0,1 mm dan 30 sm gacha, yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi. Xaltasimon tanasi qalin qobiq (tunika)ga oʻralgan, ustki tomonida ogʻiz teshigi va kloaka sifoni joylashgan, ostki tomoni bilan suv tubiga yopishgan. Halqumi devorida joylashgan juda koʻp jabra yoriqlari jabra oldi boʻshligʻiga ochiladi. Bu boʻshliqqa jinsiy yoʻllar, kloakaga … Читать далее

ANEMOMETR

ANEMOMETR (yun. anemos — shamol, metreo — oʻlchov) — shamol va gaz tezligini (baʼzan, yoʻnalishini ham) oʻlchovchi asbob. Shamol va gaz tezligi ularning taʼsirida aylanuvchi kosalarning aylanish soniga qarab aniqlanadi. Shamol va gaz tezligini manometrik usudsa yoki elektr usudsa ham aniqlash mumkin (q. Termoanemometr).