ACHCHITOGʻ
ACHCHITOGʻ — Sulton Uvays tizmasining gʻarbiy qismidagi choʻqqi. Dengiz sathidan bal. 331 m. Paleozoyning yashma va slaneslaridan tuzilgan. Yon bagʻirlari tik, yemirilgan qoya toshlardan iborat.
ACHCHITOGʻ — Sulton Uvays tizmasining gʻarbiy qismidagi choʻqqi. Dengiz sathidan bal. 331 m. Paleozoyning yashma va slaneslaridan tuzilgan. Yon bagʻirlari tik, yemirilgan qoya toshlardan iborat.
ATSIDOFIL ORGANIZMLAR (lot. acidus—nordon, kislotali va fileo — sevish) — kislotali muhitda yashay oladigan organizmlar. Mas, sut kislotali va sirka kislotali bakteriyalar. Oziq-ovqat sanoatida, xususan sutli mahsulotlar tayyorlashda qoʻllaniladi.
ATSETAMID, sirka kislota amidi, rangsiz kristall. Sof holda hidsiz, suyuqlanish t-rasi 82 — 83°, kaynash t-rasi 221,2°. Suvda, spirtda va glitserinda oson eriydi, efirda erimaydi. Kuchli kislotalar taʼsirida tuz hosil qiladi. Teri pishirishda, qogʻoz i. ch. da qoʻllaniladi.
AXMETELI Aleksandr (Sandro) Vasilyevich (1886.1(13) 4 — 1937.29.6) — rej. Gruziya xalq artisti (1933). Gruziya rejissurasining asoschilaridan. 1922-y. dan Sh. Rustaveli nomidagi teatr (1926 — 35 y. lar bosh rej.)da ishlagan. Qatagʻonga uchragan.
AXBOROT OLISH KAFOLATLARI VA ERKINLIGI — har bir shaxsning oʻzi istalgan axborotni izlash, olish va tarqatishga haqli ekanligi. OʻzRda barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjat, qaror va b. xil materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim (OʻzR Konstitutsiyam, 30-modda). «Axborot olish kafolatlari va erkinligi … Читать далее
AFORIZMLAR (yun. aphorismos — hikmatli soʻz) — q. Hikmatli soʻzlar.
AFARUN — ilk oʻrta asrlarda Sugʻd podsholigining Panch (Panjikent) viloyat hokimligiga qarashli maʼmuriy hududlardan birining hokimi. Movarounnahrda arab futuhotlari davrida Panch hokimi Devashtichga yaqindan yordam berib turgan nufuzli shaxs.
AUTOPOLIPLOIDIYA — q. Avtopoliploidiya.
AURELIYALAR, dengiz likopchalari (Aurelia) — ssifomeduzalar sinfi diskomeduzalar turkumiga mansub meduzalar urugʻi. Tanasi soyabon shaklida, diametri 5—10 sm, baʼzan 40 sm gacha. Soyaboni atrofida juda koʻp kalta paypaslagichlari, ular asosida 8 ta statotsistlari joylashgan. Ogʻzi soyabonining ostki qismida, kvadrat shaklida. Ogʻiz atrofidan 4 ta ogʻiz boʻlaklari osilib turadi. Aureliyalarning shaffof tanasi orqali oshqozon devorida joylashgan … Читать далее
ATHARVAVEDA — hind xalqining buddizmgacha boʻlgan eng qad. diniy va adabiy yodgorligi boʻlmish 4 sheʼriy va nasriy toʻplam — vedalardan biri. Taxm. mil. av. 9—8-a. larda tuzilgan. Vedalar quyidagilar: Rigveda — gimnlar vedasi (muqaddas bilim), Samaveda — qoʻshiqlar vedasi, Yajurveda — qurbonlik soʻzlari hamda qoidalari va Atharvaveda — zodagonlarning hikmatli yoki qargʻish soʻzlari vedasi. Atharvaveda … Читать далее