ANJU OROLLARI

ANJU OROLLARI — Novaya Sibir arxipelagining markaziy, eng yirik orollari. Kotelniy, Faddeyev, Novaya Sibir, Belkovskiy va Bunge Yeri o. larini oʻz ichiga oladi. Umumiy mayd. 29 ming km2 ga yaqin. 1821 — 23 y. larda Arktika tadqiqotchisi, Rossiya admirali P. F. Anju (1796 — 1869) boshchiligidagi ekspeditsiya tomonidan tadqiq qilingan.

ANEMOXORIYA

ANEMOXORIYA (yun. anemos — shamol va choreo — tarqalayapman) — oʻsimlik mevalari, sporalari va urugʻlarining shamol vositasida tarqalishi. Bunday organlarning shamol taʼsirida uchishiga xizmat qiladigan popuk, qanotcha kabi maxsus oʻsimtalari boʻladi (mas, zarang va qoqi oʻsimliklarida).

ANDROMEDIDLAR

ANDROMEDIDLAR — meteor oqimi. Radianti Andromeda yulduz turkumida joylashgan, birinchi marta 1872-y. da kuzatilgan. 1845-y. da parchalanib ketgan Biela kometasi bilan bogʻliq. 20-a. da bu oqimda meteorlar ancha kamaygan.

ANDIJONSOY

ANDIJONSOY — Andijon viloyatidagi kanal. Umumiy uz. 76,7 km, suv oʻtkazish imkoniyati 45,0 m3/sek. Kanal Andijon suv omboridan suv oladi va Katta Fargʻona kanaliga tashlama bilan tugaydi. Qoʻrgʻontepa, Jalaquduq, Andijon, Oltinkoʻl tumanlaridagi ekinzorni suv bilan taʼminlaydi, shuningdek kanal Andijon shahridan oʻtib, biokimyo z-dini va shaharning koʻkalamzor yerlarini suv bilan taʼminlashga ham xizmat qiladi. Andijonsoydan Ishkol, … Читать далее

ANDIJON SVITASI

ANDIJON SVITASI — Jan. Fargʻonaning yuqori neogen yotqiziqlarida joylashgan jinslar majmuasi: 1935-y. da O. S Vyalov mustaqil svita sifatida ajratgan. Konglomerat, qumtosh va gildan iborat. Qalinligi 550 m gacha. Toʻgʻon svitasining ustida va soʻx svitasining tagida yotadi. Andijon svitasida ikkilamchi xarakterga ega neft konlari borligi aniqlangan va geologik tuzilishi oʻrganilgan.

ANDIJON AGROFIRMASI AKSIYADORLIK JAMIYATI

«ANDIJON AGROFIRMASI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — konserva sanoati korxonasi. Andijon sh. da joylashgan. «Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xolding» kompaniyasi tarkibiga kiradi. Meva konservalari va sharbatlari, tomat qaylasi, jem, qiyomlar, turli xildagi tuzlama sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaradi. Korxona 1942-y. da Simferopoldan evakuatsiya qilingan konserva z-di negizida Andijon konserva z-di nomi b-n tashkil etilgan. 1994-y. dan hozirgi nomda va ochiq turdagi … Читать далее

ANDALUSIYA TOGʻLARI

ANDALUSIYA TOGʻLARI (Kordilyera-Betika) — Ispaniya jan. dagi togʻlar tizimi. Uz. 630 km. Bal. 3478 m gacha (Mulasen togʻi), bu Pirenei ya. o. dagi eng baland nuqta. Togʻlar kristalli jinslar hamda ohaktoshlardan tashkil topgan. Karst hodisalari rivojlangan. Temir rudasi konlari topilgan. Togʻ yon bagʻirlarida dub va karagʻay oʻrmonlari bor, makvis changalzorlari bilan band boʻlgan toshloqlar koʻp. … Читать далее

ASH-SHALIF

ASH-SHALIF (qad. Orleanvil, Al-Asnam) — Jazoir shim. dagi shahar, Ash-Shalif viloyati maʼmuriy markazi. Aholisi 129 ming kishi (1989). Savdo-transport markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-teri, kimyo sanoati korxonalari bor. Bazilika us-lubidagi bino qoldiqlari (324-y.) saqlangan.

ASHERSONIYA

ASHERSONIYA (Ashersonia) — takomillashmagan zamburugʻlar avlodi; oqqanotlar oilasiga mansub zararkunanda hasharotlarning tabiiy kushandasi. Zararkunanda hasharotlarning 1 — 3 yoshdagi lichinkalarini shikastlaydi. Aning oqqanotlarga qarshi qoʻllaniladigan juda koʻp formalari mavjud (Vyetnam qizil va sariq A. si, kuba zar-gʻaldoq va qizil Ashersoniyasi, Yaponiya, Hindiston A. si va b.). A. ni shiradorligi 10—11% agar suyuqligida tayyorlangan ozuqali muhitda … Читать далее