ARIFMOMETR

ARIFMOMETR (yun. arithmos — son va metreo — oʻlchayman) — toʻrt arifmetik amal bajariladigan hisoblash mashinasi. Arifmetik hisoblash mashinasi birinchi marta fransuz olimi B. Paskal tomonidan 1641-y. da yaratildi. 1790-y. da nemis soat ustasi Gan toʻrt arifmetik amalni bajaradigan birinchi amaliy mashinani yaratdi. Arifmometrda sonlarni hisoblagichga oʻrnatish va koʻchirish mexanizmi, aylanishlar hisoblagichi, natijalar hisoblagichi, nati-jalarni … Читать далее

ARIS

ARIS — Betpakdala (Qozogʻiston Respublikasi) gʻarbiy qismidagi taxirshoʻr koʻl. Qiziloʻrda sh. dan 140 km shim.sharqda. Tuz choʻkib qoladigan eng yirik koʻllardan biri. Mayd. 173 km2. Koʻl suvi tubidagi va qirgʻoqlaridagi buloq suvlari hisobiga toʻlib turadi.

ARIBOFLAVINOZ

ARIBOFLAVINOZ — ovqat tarkibida riboflavin (vitamin V2) boʻlmasligi yoki yetishmasligi, shuningdek organizmda shu vitamin hazmi yoki oʻzlashtirilishi buzilishi oqibatida yuzaga keladigan kasallik. Asosan lab shilliq pardasi va yuz terisi zararlanadi: ogʻiz burchaklari qizarib, yorilib (bichilib) yaralanadi; angulyar stomatit, xeylit, glossit, keyinchalik terida seboreyali yoki bullyoz dermatitlar, konyunktivit, gipoxrom anemiya, nerv sistemasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi. … Читать далее

ARENDS Alfred Karlovich

ARENDS Alfred Karlovich (1893, Peterburg — 1978, Toshkent) — sharqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970). Filol. fanlari d-ri (1963). 1-jahon urushida qatnashgan. 1936-y. dan sobiq Ittifoq FA Sharqshunoslik in-tida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Oʻrta Osiyo un-tining Sharq f-tida Eron filol. kafedrasi mudiri (1947 — 52). 1952-y. dan Oʻzbekiston Sharqshunoslik in-tida ishlagan. Arends … Читать далее

ARGUS

ARGUS — yunon afsonalaridagi koʻp koʻzli pahlavon, sergak soqchi; koʻzlarining bir nechasi doim ochiq boʻlgan. Gera sigirga aylantirilgan Io (Zevsning sevgilisi)ni qoʻriqlashni Argusga topshiradi. Germes A. ning hamma koʻzlarini uxlatib oʻldiradi va Ioni ozod qiladi. Koʻchma maʼnoda — A. ziyrak, sergak demakdir.

ARAQ

ARAQ (arab. — ter, bugʻlanish) — spirtli ichimlik; tozalangan etil spirti (hajmi 40 — 50%)ning aktivlashtirilgan koʻmir bilan ishlov berilgan suvli aralashmasi. Don, kartoshka va b. mahsulotlarni qayta ishlab olinadi. Yuqori sifatli Araq bir necha marta tozalanadi. Araqga arpabodiyon, qalampir, murch, yalpiz va sh. k. oʻsimliklar qoʻshib «maxsus araq»lar tayyorlanadi (q. Vinoaraq sanoati).

ARAUKA

ARAUKA — Venesueladagi daryo, Orinokoning chap irmogʻi. Uz. 900 km dan ortiq. Kolumbiyadagi Sharqiy Kordilyera togʻlaridan boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi 950 m3/sek. Yogʻingarchilik davrida kichik kemalar Araukaning quyilish yeridan boshlab 600 km masofada qatnay oladi.

ARALASH OʻRMONLAR

ARALASH OʻRMONLAR — keng bargli va igna bargli daraxt turlari aralash oʻsadigan oʻrmonlar. Yevrosiyo va Shim. Amerikaning moʻtadil nam iqlimli tekisliklari va togʻlarining quyi min-taqasida tarqalgan. Moʻtadil mintaqaning keng bargli-igna bargli (qayin, eman, juka, zarang, qaragʻay, qoraqaragʻay, tilogʻoch, kedr) oʻrmonlari, subtropik mintaqaning keng bargli (dafna, zaytun va b.), igna bargli (kedr) aralash oʻrmonlari va b. … Читать далее

ARAGAS

ARAGAS (Alagoʻz) — Armaniston togʻligidagi eng baland togʻ. Bal. 4090 m. Soʻngan vulkan. Lava va tuflardan tuzilgan. Vulkan kraterida muz sirki hosil boʻlgan. Yon bagʻrida Byurakan astrofizika rasadxonasi bor.