ABAKAN

ABAKAN (1925—31 y. larda Xakassk) — shahar, Krasnoyarsk oʻlkasi tarkibidagi Xakasiya Respublikasining markazi, Abakan daryosi Yeniseyga quyiladigan joyga yaqin. T. y. st-yasi. Aholisi 158,2 ming kishi (1992). Yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari, «Abakanvagonmash», «Legmash» z-dlari, pedagogika in-ti, 2 teatr bor. 1823-y. Ust-Abakanskoye qishlogʻi sifatida vujudga kelgan.

AALTONEN

AALTONEN (Aaltonen) Vyaynyo Valdemar (1894.8.3, Martilla — 1966.30.5, Xelsinki) — fin haykaltaroshi. Psixologik portretlar («Ya. Sibelius», marmar, 1935, Sibelius uy-muzeyida), haykallar («Qizlar» turkumi, granit, 1917—41) muallifi; monumental va bezak haykallar ustasi (A. Kivi haykali, bronza, 1932—34, Xelsinki; monumentlar — «Doʻstlik», bronza, 1952; «Tinchlik», granit, 1950—52; Laxtida, Tinchlik Oltin medali, 1953 va b.). Shuningdek u rassom … Читать далее

AHOLI DAROMADLARI

AHOLI DAROMADLARI — barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot shaklida) tushumlar hamda koʻrsatilgan bepul xizmatlar summasi; aholining milliy daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai — ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mukofot, foyda, dividend, zayom va lotereya yutugʻi, bank toʻlagan foiz puli, koʻchmas mulkdan kelgan renta toʻlovi va ijara puli, sugʻurta qoplamalari va b. … Читать далее

AHMADNAGAR

AHMADNAGAR — Hindiston gʻarbidagi shahar, Maharashtra shtatida. Sina daryosi sohilida. T. y. stansiyasi. Aholisi 200 mingdan ziyod (1990). Paxta tozalash, ipgazlama, trikotaj, koʻn-teri sanoati korxonalari bor. Shaharga Bagʻmaniylar sultonining voliysi Malik Ahmad tomonidan 1494-y. asos solingan va Ahmadnagar davlatining poytaxti, 1636-y. dan Boburiylar saltanati tarkibida boʻlgan.

AGʻDASH

AGʻDASH — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1900-y. dan). Agʻdash t. y. stansiyasidan 47 km. Aholisi 20,9 ming kishi (1999). Yogʻ-sir, avtomobil tuzatish, paxta tozalash, sut z-dlari bor. Qad. shahar, ipak va ipak buyumlari savdosi bilan mashhur boʻlgan. Karvonsaroy saqlangan. Agʻdash 16 – a. da vujudga kelgan.

AQIDA

AQIDA (arab.) — dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltirmasdan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinishi lozim boʻlgan diniy talablar. Islom A. larining asosi Qurʼonda berilgan, hadislardagi koʻrsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yoʻnalishi ilohiyotida eʼtirof etiladigan Aqidalar yoki imon talablari 7 ta: Allohning yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas bitiklarga, paygʻambarlarga, oxiratga, taqdirga va inson qazo qilganidan soʻng … Читать далее

AERONAVTIKA

AERONAVTIKA (aero… va yun. nautike — kemani boshqarish) — havodan yengil uchish apparatlari (dirijabl, aerostat va b.)da parvoz qilish (q. Havoda parvoz qilish) va havodan ogʻir uchish apparatlarida uchish toʻgʻrisidagi taʼlimot (q. Aviatsiya).