AEROPORT

AEROPORT (aero… va port) — yoʻlovchilar, kj, pochtani havo transporta vositalarida muntazam tashishni taʼminlovchi binolar, inshootlar (aerodrom bilan birga) va jihozlar majmui. Xalqaro va mahalliy Aeroportga boʻlinadi. Aeroport tarkibiga aerovokzal, pochta boʻlimlari, yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash jihozlari boʻlgan ombor, ustaxonalar, angar, moddiy-texnika jihozlari, yonilgʻi quyish vositalari va b. saqlanadigan omborlar kiradi. Aeroport radiolokatorlar, avtomatik radiotexnika … Читать далее

AEROIONOTERAPIYA

AEROIONOTERAPIYA (aero… va yun. ion — keluvchi, terapiya) — havo ionlari bilan davolash usuli. Bunda maxsus asboblar — aeroionizatorlar ishlatiladi; ular yordamida havoda koʻplab aeroionlar hosil qilinadi. Aeroionlar nafas yoʻllari va oʻpka alveolalaridagi oʻz konsentratsiyasi va zaryadiga qarab, oʻpka interoretseptorlari — sezuv nervi uchlarining qoʻzgʻaluvchanligini oʻzgartiradi. Bu yerda hosil boʻlgan impulslar bosh miya markazlariga boradi, … Читать далее

AEROBLAR

AEROBLAR, aerob organizmlar — erkin kislorod boʻlgan muhitda yashaydigan va rivojlanadigan organizmlar. Aeroblar kislorodlan oksidlovchi sifatida foydalanadi. Aeroblarga barcha oʻsimliklar, koʻpchilik hayvonlar, zamburugʻlar kiradi. Hayvonlarning kislorodsiz muhitda hayot kechirishi ikkilamchi xususiyatga ega. Aeroblar biologik oksidlanishni hujayra nafas olish sistemasi orqali amalga oshiradi. Oksidlanish jarayonida kislorod toʻla kaytarilmasdan zaxarli mahsulotlar hosil boʻlishi tufayli Aeroblar bu mahsulotlarni … Читать далее

AʼZAMOV

AʼZAMOV Yoʻldosh (1909.10.5 — Toshkent — 1985.16.6) — aktyor va kinorejissyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). Oʻzbekiston xalq artisti (1970). «Sovkino», «Vostokkino», «Oʻzbekfilm»larda ishlagan. U aktyor sifatida Yu. Rayzmanning «Yer chanqogʻi» (1930), N. Gʻaniyevning «Yuksalish» (1931) filmlaridagi Qurbongeldi va mexanik obrazlarini yaratgan. «Tohir va Zuhra» (1945) badiiy filmiga ikkinchi rej. boʻldi. Urushdan keyingi yillarda … Читать далее

ASHULACHI

ASHULACHI — ashulani ijro etuvchi yetuk sanʼatkor, xonanda, hofiz. A. ovoz imkoniyatlarini egallash, ulardan toʻliq foydalana bilish, ashula yoʻllarini oʻrganishda yuksak malaka hosil etish b-n yetishadi. Ashulachining ovozi, ijro uslubi (ishkamiy, binigiy, gulligiy) turlicha boʻlishi mumkin (q. Xonandalik uslubi).

ACHCHIQKOʻL

ACHCHIQKOʻL — Toshkent sh. dan 20 km gʻarbdagi koʻl. Uz. 700 m, eni 150 m. A. buloq suvidan toʻyinadi. Koʻl va uning atroflari qamishzor. Koʻlda oltingugurt hidli shifobaxsh qora balchiq bor (qalinligi 10 — 15 sm). Bu balchiqdan davolash muassasalari, jumladan Toshkent sh. dagi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot in-tida foydalaniladi.

ASTEKLAR

ASTEKLAR (oʻzlarini asteka, naua, maseualli («bugʻu ovlovchilar» — eng qad. nomlari) , tenochkilar, mexika deb ataydilar] — Meksikaning eng yirik indeys aholisi. Umumiy soni 1,2 mln. kishi (1992). Asteklar asosan astek (nauatl) tilida, qisman ispan tilida soʻzlashadilar. Dini katolik. 12 – a. da shim. dan kelgan Asteklar Mexiko vodiysiga bostirib kirib, u yerda oʻrnashib olganlar. … Читать далее

ATSETILLASH

ATSETILLASH — organik birikmalardagi vodorodni sirka kislota qoldigʻi (SN,SO)ga almashtirish usuli. Asetillash uchun, odatda, sirka angidriddan yoki atsetil xloriddan foydalaniladi. Asetillash sanoatda atsetat ipak, aspirin, xushboʻy murakkab efirlar va b. olishda qoʻllaniladi.

AXSIKAT

AXSIKAT — qad. shahar xarobasi. Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Shahand qishlogʻi hududida, Sirdaryoning oʻng sohilida joylashgan. Tarixiy maʼlumotlarga qaraganda, Axsikat shahri mil. av. 3 — 2-a. larda vujudga kelgan, 9 — 10 – a. larda Fargʻona vodiysining poytaxti boʻlgan. 1219-y. moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Axsikatning eski oʻrnidan 5 — 7 km gʻarbda bunyod etilgan … Читать далее