ABDULAZIZ

ABDULAZIZ ibn Sharafuddin (14 – a. oxiri — 15 – a. boshi) — rixtagar. Amir Temur saroyida yashab ijod etgan. Ahmad Yassaviy maqbarasi uchun quygan «Nazirniyoz qozoni» oʻz davri amaliy sanʼatining nodir namunalaridan biridir.

ABDIBERUN XONAQOHI

ABDIBERUN XONAQOHI — Samarqand qalʼa devorining jan. (berun — tashqari)da joylashgan meʼmoriy majmua. Koʻhna qabr yoniga toqu ravoqli xonaqoh — masjid (15 – a.), oʻrtasiga jamoatxona, atrof burchaklarga hujra va zinalar qurilgan. Qoʻsh qavat sirkor gumbaz, poygumbaz va devorlar sirkor gʻishtlar va koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Jamoatxonaning uch tomonidan eshik ochilgan. Mehrob esa oddiy, xonaqoh … Читать далее

ABASHIDZE Grigol Grigoryevich

ABASHIDZE Grigol Grigoryevich (1914.19.7, Chiatura – 1994) – gruzin yozuvchisi. Gruziya FA akad. (1979). Dastlabki sheʼrlari 1938-y. da matbuotda eʼlon qilingan. Ilk poemasi «Qora shaharda bahor» 1938 y, nashr etilgan. «Dushmanlar» (1941), «Georgiy Oltinchi» (1942), «Bayroqlar» (1943), «Yengilmas Kavkaz» (1943) poemasi va b. asarlari 2-jahon urushi haqida. Abashidze «Birinchi tbilisiliklar haqida afsona» (1959), «Uch davrga … Читать далее

ABADIY DVIGATEL

ABADIY DVIGATEL (lot. Perpetuum mobile) — bir marta harakatga solib yuborilgandan keyin cheksiz uzoq vaqt oʻz-oʻzidan ish bajara oladi, deb faraz qilingan mashina. Energiyaning saqlanish qonuni kashf etilmasdan oldin asrlar davomida odamlar sarflangan energiyadan koʻproq ish bajarishga imkon beradigan mashinani yaratishga urinib keldilar. Bunday mashinaga hatto «Abadiy dvigatel» deb nom ham berilgan. Abadiy dvigatelning turli-tuman … Читать далее

AHOLI ROʻIXATLARI

AHOLI ROʻIXATLARI — mamlakat yoki muayyan hududda maʼlum vaqt yoki davrda yashayotgan aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarining jarayoni toʻplami. Baʼzan Aholi roʻixatlari tushunchasiga, shuningdek ushbu maʼlumotlarni yigʻish, ishlash va nashr etishni ham qoʻshadilar. Aholi roʻixatlari ilmiy talablarga hamda amaliyot ehtiyojlariga javob berish, aholi soni, tarkibi va joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish maqsadida oʻtka-ziladi. Aholi roʻixatlari … Читать далее

AHMADSHOH

AHMADSHOH (1897 – 1930) — Eronda hukm surgan qojorlar sulolasining soʻnggi shohi (1909 — 25). Eron siyosiy hayotida sezilarli rol oʻynamagan. Harbiy vazir Rizoxon uni davlat ishlaridan chetlatib qoʻygani tufayli, koʻp vaqtini chet elda oʻtkazdi. Taxtdan tushirilgach (1925-y. okt.), qojorlar sulolasi oʻrniga pahlaviylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. A. Fransiyada vafot etgan.

AHMAD MIDHAT

AHMAD MIDHAT (1844 – 1913) — turk yozuvchisi, maʼrifatparvar. Turk adabiyotida kichik hikoya va romanchilik asoschisi. Ilk hikoyalar toʻplami («Qissadan hissa») 1870-y. da bosilgan. Bagʻdodda (1868), Istanbulda (1871) bosmaxona tashkil etib, gaz. va jur. lar chikargan. Tarix, falsafa, din, jugʻrofiyaga oid asarlar yozgan. «Dunyoga ikkinchi kelish» (1874), «Hasan Malloh» (1874), «Husayn Falloh» (1875), «Parijda bir … Читать далее

AHIYI HIRAVIY

AHIYI HIRAVIY (15 – a.) — hirotlik xushovoz hofiz, mashhur bastakor, ustoz. A. Jomiyning «Qaytadan dilimga tushdi, shunday zoʻr ishqu muhabbat…» matlali sheʼri bilan oʻqiladigan turkiy zarb usulidagi Rosta panjgoh singari asarlarning musannifi. Ubaydullaxon Hirotni ishgʻol etgach, Ahiyi Hiraviyni Buxoroga olib ketgan. A. H. Buxoroda shuhrat qozongan. Hofiz Ushshoqiy, Boboyi Changiy Buxoriy, Xoja Hamzaiy Toshkandiy, … Читать далее

AQLI NORASOLIK

AQLI NORASOLIK — (jinoyat huquqida) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish vaqtida shaxsning ruhiy kasalligi tufayli oʻz harakatlari yuzasidan oʻziga hisob bera olmaydigan va oʻz harakatlarini idora qila olmaydigan holati. Aqli norasolik ikki mezon: tibbiy (biologik) va yuridik mezon orqali aniqlanadi. Tibbiy (biologik) mezon shaxsda surunkali ruhiy kasallikni yoki ruhiy holatning vaqtincha buzilganligi yoxud aqli zaiflik … Читать далее

AESIY

AESIY Flaviy (taxm. 390-454. 21.9, Rim) — sarkarda, Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi himoyachilaridan biri. 425-y. A. gunn jangchilari koʻmagida Gʻarbiy Rim imperiyasining oliy rahbarlik lavozimlarini egallashga erishgan: bir necha bor konsul etib saylangan, patritsiy unvonini olgan. Aesiyning mavqeini pasaytirish maqsadida imperatritsa Galla Platsidiya Afrikadagi qoʻshinlar qoʻmondoni Bonifatsiyni Italiyaga chaqirtirib olgan. Shunga qaramasdan 432-y. A. imperiya … Читать далее