ABORT

ABORT (lot. abortus — bola tashlash) — ayollarda homiladorlikning dastlabki 28 haftasida bachadondan homila tushishi, 28 haftadan ilgari tugʻilgan bola yashamaydi. Abort erta (homiladorlikning 12 haftasi ichida kerakli davo choralari koʻrilmaganda bola tushishi) va kechikib (13 — 27 hafta ichida bola tushishi) sodir boʻlishi mumkin. Abort sunʼiy va gʻayriixtiyoriy Abortga boʻlinadi. Sunʼiy Abort (bola tushirish) … Читать далее

ABISSAL TEKISLIKLAR

ABISSAL TEKISLIKLAR — chekka dengizlarning okean soyliklari va botiklaridagi chuqur suv osti yassi va sertepa tekisliklari. Okean qaʼri va oʻtish zonasida keng tarqalgan: Yassi Abissal tekisliklar okean va chekka dengiz soyliklarining chetki qismlariga toʻgʻri keladi. Sertepa Abissal tekisliklar okean tubining katta qismini egallaydi. Yassi Abissal tekisliklar Atlantika okeanida koʻp tarqalgan. Sertepa Abissal tekisliklar relyefining parchalanganligi … Читать далее

ABERRATSION VAQT

ABERRATSION VAQT — yorugʻlik nurining Quyosh sistemasidagi kosmik jismlardan Yerga yetib kelishiga ketgan vaqt (t). Ushbu t/499,012 r tenglamadan aniqlanadi (sek.); bunda r — kosmik jismgacha boʻlgan masofa (astronomik birliklarla oʻlchanadi). Sayyora, kometa va, ayniqsa, Yer sunʼiy yoʻldoshlarining koʻrinma harakati juda katta. Ular kuzatilganda Aberratsion vaqt hisobga olinib, tegishli koordinatlarga tuzatmalar kiritiladi.

ABDUQAYUMOV Abdugʻani Abdumalikovich

ABDUQAYUMOV Abdugʻani Abdumalikovich (1928.27.7, Toshkent) — dirijyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1974), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasining simfoniya-dirijyorlik boʻlimini tugatib (1955), Navoiy nomli teatrda dirijyor. 1960-y. dan Toshkent konservatoriyasining opera sanʼati kafedrasida oʻqituvchi, 1985-y. dan prof., 1986-y. dan kafedra mudiri. Repertuaridan chet el, rus, qardosh xalqlar kompozitorlari va, asosan, Oʻzbekiston kompozitorlarining operalari oʻrin … Читать далее

ABDURAHMON TOLE

ABDURAHMON TOLE (asl ismi Abdurahmon Davlat boʻlib, Tole uning taxallusidir) (18 – a. birinchi yarmi) — buxorolik munajjim, shoir va tarixchi. U Buxoro xoni Abulfayzxon (1711—47) zamonida yashagan va hukumat doiralariga, xususan nufuzli amir Abdulloh qushbegiga yaqin kishi boʻlgan. Abdurahmon Tole «Tarixi Abulfayzxon» asarining muallifidir. Bu asar 18-a. ning birinchi yarmidagi Turkistonning siyosiy ahvoliga oid … Читать далее

ABDURASULOV

ABDURASULOV Mamajon (1927, Shahrixon tumani Naynovo qishlogʻi) — Xalq oʻqituvchisi (1981). Fargʻona pedagogika in-tining boshlangʻich taʼlim metodikasi f-tini tamomlagan (1963). 1950-y. dan Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi 41 – maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 40 y. dan ortiq mehnat faoliyati davrida uning bolalarni ragʻbatlantirish orqali taʼlim-tarbiyani yuqori saviyaga koʻtarish usuli Oʻzbekiston va b. mamlakatlarda keng … Читать далее

ABDULMALIK ibn NUH

ABDULMALIK ibn NUH (944-961) — somoniylar amiri (954—961). Otasi Nuh ibn Nasr vafotidan keyin oʻn yoshida taxtga oʻtiradi. Nuh ibn Nasr davrida buvayhiylar bilan boshlangan urush A. N. davrida (956) yarash bilan yakun topadi. Abdulmalik Ibn Nuh davrida davlatni idora qilishda lashkarboshilarning mavqei baland boʻlgan. Mas, buyuk hojiblik mansabiga tayinlangan Alpteginning obroʻsi oshib ketganidan xavfsirab, … Читать далее

ABDULLAXON MADRASASI

ABDULLAXON MADRASASI — meʼmoriy yodgorlik. Buxorodagi Qoʻsh Madrasa ansamblining shim. qismida joylashgan. Meʼmori nomaʼlum, Abdullaxon qurdirgan (1588 — 90). Tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Hovli atrofini ikki oshyonli hujralar oʻrab turadi. Har ikki to-monida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga oʻtiladi. Madrasaning katta peshtoqi jan. ga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar … Читать далее

ABDULLA HOFIZ

ABDULLA HOFIZ Fayzullayev (1869, Namangan — 1944, Oʻsh) — xonanda. Oʻzbekiston xalq hofizi (1943) va Qirgʻiziston xalq artisti (1940). Namanganda tashkil etilgan havaskorlar toʻgaragi «Sharq truppasi» (1914 — 26) da, Oʻshdagi musiqali drama (1926 — 41), Yangiyoʻl musiqali drama va komediya teatrlari (1941 — 44)da ishlagan. «Ilgʻor», «Koʻcha bogʻi», «Eshvoy», «Girya», «Sodirxon Ushshogʻi», «Dugoh Husayniy», … Читать далее

ABDULKARIMBIY

ABDULKARIMBIY, Abdulkarimxon (1710-1750) — Qoʻqon xoni (1733—50). Minglardan, Shohruxbiyning oʻgʻli. Akasi Abdurahimbiy vafot etgach (1733), taxtga oʻtirgan. Xonlik oʻrdasini Qoʻqon yaqinidagi Tepaqoʻrgʻondan Qoʻqonga koʻchirgan. 1746-y. Oʻratepa hokimi Fozilbiy yordamida qalmoqlar hujumini qaytargan. A. Qoʻqon sh. da saroy, Madrasa, bozor va Isfara, Qatagʻon, Margʻilon, Toshkent, Haydarbek nomli shahar darvozalarini qurdirgan.