BRYUGGE

BRYUGGE — Belgiya shim. gʻarbidagi shahar. Gʻarbiy Flandriya provinsiyasi maʼmuriy markazi. Aholisi 117 ming kishi (1992). Transport yoʻllari tuguni; dare va dengiz porti, kema katnaydigan kanallar tutashgan joyda. Metallsozlik, mashinasozlik (kemasozlik va kema taʼmirlash, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, televizorlar i. ch.), kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Toʻr toʻqiladi. Niderlandiya sanʼati muzeyi, Munitsipal badiiy galereya, … Читать далее

AKRILAT KAUCHUKLAR

AKRILAT KAUCHUKLAR — akril monomerlarining akrilatlar bilan hosil qilgan sopolimerlari. Bular oltingugurt, aminlar, benzoil peroksid bilan choklanib (vulkanizatsiyalanib) akril rezi pasi hosil qiladi. Akrilat kauchuklar 200° t-rada ham parchalanmaydi. Hoz. vaqtda ftor A. k. katta ahamiyat kasb etmoqda. Akrilat kauchuklarga moy, benzin, kerosin kabi erituvchilar taʼsir qilmaydi. Ulardan shlang, quvur va b. tayyorlanadi.

BRUDER

BRUDER (ing. brood — tuxum bosish) — inkubatoriya ochirilgan joʻjalarni dastlabki kunlarda issiq saqlovchi maxsus qurilma. Piramida shaklidagi zontdan iborat boʻlib, ichiga qizdirgich joylashtiriladi. Kuchma, muqim (statsionar) va batereyali xillari bor. Kerosin, kumir, gaz yoki elektr toki bilan isitiladi. Bruder dagi haroratni maxsus vint yerdamida oʻzgartirib turish mumkin. Gaz Bruderda havo gorelka alangasi yoki uning … Читать далее

BRONZOGRAFIT

BRONZOGRAFIT — bronza va grafitdan tashkil topgan gʻovak material. Grafit zarralari (0,5—4%) bronza kristallari (6—10% Sn) orasida teng tarqalgan holda boʻladi. Gʻovaklari moy bilan toʻldiriladi. Undan sirpanish podtipniklari tayyorlanadi. Bunday podshipniklar valga tez moslashadi, uzoq vaqt moysiz ishlay oladi. Пост Навигацияси

AKKERMAN KONVENSIYASI

AKKERMAN KONVENSIYASI — Rossiya bilan Turkiya oʻrtasida 1826-y. 7 okt. da Akkerman sh. da tuzilgan shartnoma. 1812-y. gi Buxarest sulhinn toʻldirgan. Moldaviya, Valaxiya va Serbiyaning imtiyozlariga rioya qilinishi yuzasidan Turkiya majburiyat olgan. Rossiya savdo kemalariga Turkiya hududiy suvlarida suzib yurish, rus fuqarolariga esa barcha turk viloyatlarida savdo qilish huquqi berildi. Rossiya va unga dust davlatlar … Читать далее

BROMGEKSIN

BROMGEKSIN (Bromhexinum) — balgʻamni suyultirib, koʻchishini tezlashtiradigan dori; yoʻtalga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Tabletka holida chiqariladi. Oʻtkir va surunkali bronxit, oʻpka sili, bronxiol astma, zotiljam va b. yoʻtal bilan kechadigan shamollash kasalliklarida qoʻllaniladi. Faqat vrach buyurganda ichiladi. Пост Навигацияси

AKVATOLLAR

AKVATOLLAR — suv tuldirilgan okuvchan yoki gelesimon portlovchi moddalar; kimyoviy tarkibi va xossalari jihatdan akvanitlarp yaqin. Portlashda ajraladigan issiqligi 2,9—4,6 Mj/ kg. Muzlash t-rasini pasaytirish uchun Akvatollar larga antifrizlar qoʻshiladi. Yer sirtidagi suv bosgan qattiq jinslarda qoʻllaniladi.

BRITTLAR

BRITTLAR — kelt qabilalaridan biri. Mil. av. 8 — mil. 5-a. larda Britaniyaning asosiy aholisi. Brittlar anglosakslar tomonidan boʻysundirilib (5—6-a. lar), bir qismi qirib tashlangan, bir kismi Uels, Shotlandiya va Galliyadagi Armorika ya. o. ga koʻchirilgan va bu yer Bretan deb atala boshlangan. Britaniyada qolgan qismi ingliz millatining shakllanishida muhim rol oʻynagan. «Britaniya» atamasi Brittlardan … Читать далее

AKBAROV Ilyos Akbarovich

AKBAROV Ilyos Akbarovich (1909.5.5, Toshkent) — oʻzbek musiqashunosi. Birinchi oʻzbek musiqa folklorshunoslaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1956). Sanʼatshunoslik in-tida ilmiy xodim (1932—39), direktor (1943—48), «Oʻzdavnashr»da musiqa boʻlimining mudiri (1934—40), Toshkent musiqa bilim yurti (1930—42), Toshkent davlat konservatoriyasi (1943-y. dan)da oʻqituvchi, musiqa nazariyasi kafedrasi mudiri (1963—90), prof. (1979-y. dan). Fargʻona vodiysi va Xorazm viloyatlarida oʻzbek … Читать далее