Amir Temur davlatining tashkil topishi Amir Temur O‘rta Osiyoda markazlashgan davlat tashkil qilishda, ma’rifat ishlarini rivojlantirishda katta rol o‘ynadi. Temur o‘z tasarrufida markazlashgan davlatni yuzaga keltirish maqsadida Kesh shahridan Samarqandga ko‘chib o‘tib, uni Movarounnahrning poytaxtiga aylantiradi. Sohibqiron aniq, muloxazalari bilan xalqni zulmdan ozod qilish va uzoq yillik boshboshdoqlik hukmron bo‘lgan yerda markazlashgan davlat tuzish mushkulligini sezganligi sababli dastlab mamlakatni tashqi xavfdan saqlash maqsadida asosini barlos urug‘lari tashkil etgan yengilmas va jangovor milliy qo‘shin to‘zadi, ularga katta imtiyozlar beradi. Temur davlat boshqaruvida, ichki va tashqi siyosatda asosan o‘z qo‘shinlariga suyanganligi sababli harbiy islohotga, ya’ni qo‘shin boshliqlarini tanlash, lashkar qismlar, ularning joylashishi, askarlarning qurollanishi va harbiy intizom masalalariga keng e’tibor bergan. U qo‘shinlarini o‘nlik, yuzlik, minglik kabi askariy birikmalarga bo‘lgan. Uning uchun har bir askar jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz hisoblagan. Amir Temur lashkarlarga ham katta e’tibor berib, ular nizomni qat’iy bajarishi, jangda ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, dushmanga yumshoq muomalali va adolatli bo‘lishi lozim deb hisoblardi. Ibn Arabshohning yozishicha, Temur askarlari ichida taqvodor, saxovatli, xudojo‘y kishilar ko‘p bo‘lgan. Ular bechoralarga xayru ehson ko‘rsatish, boshgaog‘ir kunlar tushganda yordam qo‘lini cho‘zish, asirlarga yumshoq muomalada bo‘lish va ularni ozod etishga odatlanganlar. Amir Temur doim jangda jasorat ko‘rsatgan amirlar va askarlarga alohida e’tibor bilan qaradi. Natijada Sohibqiron uyushqoqlik hukm surgan yuz minglik qo‘shinlari ichida intizomni mustahkamlash bilan o‘z davlatining poydevori bo‘lgan qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Temur Movarounnahr taxtini egallagan vaqtdan boshlab, o‘z davlati chegaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Shu maqsadda u Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni o‘z tasarrufiga oladi. Xorazmga besh marotaba … Читать далее