OʻZGARUVCHAN YULDUZLAR FIZIKASI

OʻZGARUVCHAN YULDUZLAR FIZIKASIoʻzgaruvchan yulduzlar ravshanligining oʻzgarish sabablarini va fizik xususiyatlarini oʻrganuvchi fan. Yulduzlar ravshanligining oʻzgarish sabablari turlicha. Asosan yulduzlar atmosferasida roʻy berayotgan fizik jarayonlarga yoki yulduz atrofidagi muhitga bogʻliq. Mas, yulduzni bir butun qamrab olgan yoki faqatgina uning sirtidagi portlash, Quyoshdagi kabi, lekin nisbatan kuchliroq chaqnash hodisalari, davriy ravishda yuqlduzlar sirti yuzasining oʻzgarishi (pulsarlar) va boshqalar Yulduzlar ravshanligining oʻzgarish sabablarini aniqlash astrofizikalttsh muhim masalalaridan biri boʻlib, ular yulduzlarning tabiatini oʻrganishga, ularning yulduzlar olami evolyutsiyasidagi oʻrnini aniqlashga va pirovard natijada Quyoshning kelajagini bashorat qilishga imkon beradi (yana q. Yulduzlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x