OʻTGA CHIDAMLI MATERIALLAR — juda yuqori (1500° dan yuqori) traga chidaydigan materiallar. Oʻtga chidamli materiallarning vujudga kelishi metallurgiyaiit rivojlanishi va issiklik agregatlarining tarqalishi bilan bogʻliq. Ular buyum holida (gʻisht, shakldor va yirik bloklar) va shaklsiz materiallar (kukunlar, massalar, beton qorishmalari) sifatida tayyorlanadi. Zichligi yuqori (kovakligi 3% dan kam), oddiy (20 — 30%) va yengil (45% dan katta) Oʻtga chidamli materiallarga boʻlinadi.
Oʻtga chidamli materiallar kimyoviy mineral tarkibi boʻyicha kremnezyomli (dinas, kvars buyumlari), alyumosilikatli, magnezialli, magnezialohakli, magnezialsilikatli, uglerodli, karbid kremniy, sirkoniyli, oksidli (VeO, M§0, SaO va boshqalar), kislorodsiz (nitrid, borid va boshqalar) materiallarga boʻlinadi. Oʻtga chidamli materiallar kimyoviy tarkibi va oʻtga chidamliligidan tashqari, zichligi, gʻovakligi, mustahkamligi, issikdik oʻtkazuvchanligi va boshqalar xossalari bilan baholanadi. Oʻtga chidamli materiallar ishlab chiqarishda avval dastlabki materiallar (oʻtga chidamli loy, kaolin, magnezit, kvars va boshqalar) tayyorlanadi, pishiriladi, maydalanadi, ularga bogʻlovchi komponetlar (mas, shamotli loylar) qoʻshiladi, aralashtiriladi va press yoki boshqa usulda shakl beriladi, soʻngra 1300 — 1750° da tunnel pech va boshqalar pechlarda qayta pishiriladi. Shaklsiz Oʻtga chidamli materiallarni tayyorlash komponentlari maydalash va aralashtirishdan iborat. Oʻtga chidamli materiallar issiqlik agregatlari, metall eritish pechlari qurishda, metallurgiya va mashinasozlikda xom ashyolarni qizdirish, koks olish va boshqalarda ishlatiladi.