OʻTA YORUGʻLIK TEZLIGI — yorugʻlik tezligilzya katta tezlik. Nisbiylik nazariyasiga koʻra, har qanday signalning uzatilishi va moddiy jismlarning harakati yorugʻlikning boʻshliqdagi tezligi s dan katta tezlik bilan yuz berishi mumkin emas. Biroq, har qanday tebranish jarayoni turlicha ikki tarqalish tezligi: guruh tezligi va fazaviy tezlik bilan ifodalanadi. Guruh tezligi — yaqin chastotali toʻlqinlar guruhining energiya tashish tezligi. Shuning uchun nisbiylik prinsipita muvofiq, har qanday tebranish jarayoni guruh tezligi s dan katta boʻlishi mumkin emas. Aksincha, bu toʻlqinlar guruhining har bir monoxromatik tashkil etuvchisi fazasining tarqalish tezligi, yaʼni fazaviy tezlik toʻlqinning energiya tashishi bilan bogʻliq emas. Shuning uchun bu tezlik har qanday qiymatni, shu jumladan, s dan katta qiymatlarni ham qabul qilishi mumkin. Ana shu holda tezlik Oʻta yorugʻlik tezligi boʻladi. Moddiy zarralarning biror muhitdagi (boʻshliqdan tashqari) tezligi yorugʻlikning shu muhitdagi tezligidan katta boʻlishi mumkin. Zaryadli zarralarning bunday harakati Cherenkov nurlanishiga olib keladi (q. Cherenkov — Vavilov nurlanishi).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые