OʻRTA URAL TOGʻI

OʻRTA URAL TOGʻIUral togʻlarining eng past qismi. 56° va 59° shahri k. lar orasida. Shim. da Ostyanka togʻi, jan. da Ufa daryosining kenglik boʻylab yoʻnalgan vodiysi bilan chegaralangan. Bal. 250—500 m, shim. da eng baland joyi 994 m (Oʻrta Baseg togʻi). Oʻrta Ural Togʻi gersin burmalanishida shakllangan yirik antiklinaldir. U mezozoy davrida yemirilgan va hoz. balandligiga yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Asosan, gneys, amfibolit, kvarsit, ohaktosh va qumtoshlardan hosil boʻlgan. Relyefi yassi tepaliklardan iborat, gʻarbiy yon bagʻrida karst rivojlangan. Daryolari Volga va Ob havzalariga mansub. Koʻllar bor. Ignabarglilar va oq qayin togʻterak oʻsadi. Foydali qazilmalarga boy (yanaq. Ural).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x