OʻRMON-DASHT ZONALARI

OʻRMON-DASHT ZONALARI — moʻtadil va subtropik mintaqalarda joylashgan tabiat zonalari. Bu zonalar tabiiy landshaftida oʻrmonlar bilan dashtlar almashinib keladi. Moʻtadil mintaqalarda materiklar ichki qismida keng maydonlarni egallagan. Yevrosiyoda Dunayboʻyi pasttekisligidan Oltoy togʻlarigacha tutash zona hosil qiladi. Soʻngra Mongoliya va Uzoq Sharqda, Xitoyning shim,sharqida ham mavjud. Shim. Amerikaning Buyuk tekisliklari orqali 38° shahrik. gacha choʻzilgan. Bu zonalarda qish sovuq va qorli boʻladi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —2° dan —20° gacha, iyulniki 18° dan 25° gacha. Yogʻin miqdori 400 — 1000 mm, koʻp qismi yoz oylariga toʻgʻri keladi. Tuproqlari xilmaxil. Usimliklari kichikkichik oʻrmonzorlar va dasht oʻtloqlaridan, hayvonot dunyosi oʻrmon va dasht hayvonlaridan iborat. Moʻtadil mintaqalarning U. d. z. da keng bargli, igna bargli, mayda bargli oʻrmonli dashtlar va preriya zonalari mavjud. Subtropik mintaqalarning Oʻrmon-dasht zonalari Shim. Amerika va Janubiy Amerika subtropiklarida joylashgan. Afrikada va Avstraliyada ham ayrim joylarda Oʻrmon-dasht zonalari uchraydi. Janubiy Amerika Oʻrmon-dasht zonalarining ichki oʻlkalari daraxtsiz savanna va pampa bilan band. Iqlimi subtropik mussonli, qishi iliq, yozi issiq. Eng sovuq oyning oʻrtacha t-rasi 4—12°, eng issiq oyniki 20—24°, yogʻin miqdori 600— 1200 mm. Oʻsimliklar vegetatsiyasi yil boʻyi davom etadi. Tuproqlari unumdor. Daraxt oʻsimliklari koʻproq daryo vodiylarida tarqalgan. Oʻrmon-dasht zonalari hududlaridan dehqonchilikda, baʼzi joylarda yaylov chorvachiligida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x