OZONOSFERA — Yer sirtidan 10 — 50 km balandlikda joylashgan ozonli atmosfera qatlami. Ozon 20—25 km balandlikdagi Ozonosferada eng koʻp toʻplanadi (q. Ozon). Ozonosferada ozonning hosil boʻlishi va uning balandlik boʻyicha tarqalishini fotokimyoviy nazariya tadqiq qiladi. Ozon Quyosh radiatsiyasini kuchli yutadi, shuning uchun Quyosh radiatsiyasining biologik jihatdan ancha faol qismi Yer sirtiga yetib kelmaydi. Radiatsiyani yutishi natijasida Ozonosfera qatlamida t-ra ancha koʻtariladi. Ozonosfera dagi ozonni tekshirish uchun har xil balandlikda olingan xavo namunasi taxlil qilinadi,: Yer sirtidagi yoki zond va raketalar yordamida atmosferaga olib chiqilgan optik asboblar (spektrofotometr va b.)dan foydalaniladi. Ozonosfera maʼlumotlari Quyosh radiatsiyasining Yer atmosferasida yutilish tabiatni oʻrganishda juda muhim.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые